
Jahon
Qirgʻiziston mamlakat ichida milliy valyutasini ishlab chiqaradi. Bu esa moliyaviy suverenitetni taʼminlab, xarajatlarni kamaytiradi, deb xabar bermoqda Kaktus media.
24-mart kuni Qirgʻiziston prezidenti Sadir Japarov mamlakatdagi “Uchqun“ AJga tashrif buyurib, ishlab chiqarish jarayoni, jumladan, qirgʻiz somining chop etilish ishlari bilan tanishdi.
Mamlakat Markaziy banki raisi Melis Turgʻunboyev maʼlum qilishicha, birinchi bosqichda eski namunadagi kupyuralarni tezkor almashtirib olish kichik nominaldagi kupyuralarni muomalaga chiqaradi. Taʼkidlanishicha, yangi kupyuralar qalbakilashtirishdan himoya qilish boʻyicha eng zamonaviy standartlarga javob beradi.
Yangi 01 nominaldagi kupyuralarga “Qirgʻiziston Osiyoning yuragi” deb yozilib, xalqning qahramonlik eposi Manas surati tushirilgan.
Maʼlumot uchun, qirgʻiz valyutalari ilgari xorijda, asosan, Yevropa mamlakatlarida ishlab chiqarilgan.
#yakdilmintaqa
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q