
Jahon
1 kishi bir kunda 10 ming qadam yursa, sogʻlom boʻladi degan tushuncha yillar davomida targʻib qilindi. Toʻgʻri, 10 ming qadam yurish foydali, ammo buncha masofani hamma ham bosib oʻta olmaydi-ku.
Yaponlar aynan mana shu muammoga juda yaxshi yechim taklif qildi. Gap shundaki, ular piyoda yurishni yanada samaraliroq qilish yoʻlini oʻylab topdi. Bu usul bilan kishi 3 ming qadam yoʻl bosadi, ammo 10 ming qadam yurgan kabi foyda oladi.
Xullas, buning uchun 3 daqiqa sekin yuriladi, keyingi 3 daqiqada esa yurish tezlashadi. Soʻng yana 3 daqiqa sekinlashib, keyin yana 3 daqiqa tezlashadi. Mazkur tartib qayta-qayta takrorlanaveradi.
Buning yordamida organizmda quyida ijobiy oʻzgarishlar boʻladi:
▪️ Qon bosimi 4 baravar yaxshilanadi;
▪️ Yurak kasalligi xavfi 40 foizga kamayadi;
▪️ Depressiya alomatlari yengillashadi;
▪️ Uyqu sifati 12 foizga yaxshilanadi.
Ushbu yurish usulini bajarishda quyidagi tartibga amal qilish talab etiladi:
➖ kuniga 30 daqiqa yurish (bu taxminan 3 yoki 4 ming qadam degani);
➖ 3–5 daqiqa yengil qizib olish kerak;
➖ shundan soʻng yuqoridagi tizim boʻyicha yurish tartibi bajariladi (3 daqiqa sekin, 3 daqiqa tez yurish).
Shuningdek, bu harakatni yanada kengaytirish mumkin. Masalan:
▪️ qoʻshimcha qarshilik koʻrsatish uchun tepalikka tez chiqish;
▪️ ogʻirroq kiyim kiyish (tana vaznining 10-15 foizga teng);
▪️ 30 daqiqa emas, 40-45 daqiqa yurish orqali chidamlikni oshirish;
▪️ yurish davomida “gapirish testi”dan foydalanish.
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q