2100-yilga borib suv ostida qolishi taxmin qilinayotgan davlatlar haqida bilasizmi?

Saqlash
17:28 / 18.03.2025 382 0

Nature Communications ilmiy jurnali tomonidan chop etilgan tadqiqotga koʻra, 2100-yilga kelib dunyoda 200 mln nafar kishi dengiz sathidan pastda yashaydi.

 

Okean sathining koʻtarilishi tufayli esa qoʻshimcha 160 mln nafar kishi yillik suv toshqinidan aziyat chekadi.

 

Tahlil qilinishicha, agar 2100-yilga borib yillik oʻrtacha harorat nisbatan +2 darajaga koʻtariladigan boʻlsa, Xitoy, Hindiston va Indoneziya kabi davlatlarda 10-50 mln gacha, AQSh, Braziliya va Misr kabi davlatlarda 10 mln gacha, Rossiya, Kanada va Avstraliya kabi davlatlarda 500 ming gacha aholi suv ostida qolishi mumkin. Ajablanarlisi, suv mazkur maʼlumotda muzliklarning erishi hisobga olinmagan. Agar muzliklarning erishi ham qoʻshilsa, oqibat bundan ham yomon boʻlishi mumkin.

 

Dengiz sathining koʻtarilishi bevosita taʼsir koʻrsatadigan 200 mln nafar kishining 70 foizi Osiyodagi sakkizta mamlakatda yashaydi va ularning aksariyati Xitoy hududiga toʻgʻri keladi – 43 million yoki taxminan 20 foiz.

 

Yevropada esa Gollandiya nazariy jihatdan eng koʻp zarar koʻradi. Bu mamlakatda 2100-yilda 4 mln nafardan ortiq odam dengiz sathidan pastda yashashi kutilmoqda. Prognozning salbiyligiga qaramay, Gollandiya dunyodagi eng samarali suv toshqini nazorati tarmoqlaridan biriga egaligini hisobga olish lozim va u gollandlarning xavfsizligini taʼminlashi mumkin. Tadqiqotni modellashtirishda bu, albatta, hisobga olinmagan.

 

Dengiz sathining koʻtarilishi sabab muammoga duch kelishi mumkin boʻlgan Yevropaning boshqa davlatlari quyidagilar:

▪️ Buyuk Britaniya – 1,5 mln nafar kishi xavf ostida;

▪️ Germaniya – 1 mln nafar kishi xavf ostida;

▪️ Turkiya – 500 ming nafar kishi xavf ostida;

▪️ Fransiya – 500 ming nafar kishi xavf ostida;

▪️ Italiya – 500 ming nafar kishi xavf ostida.

 

Markaziy Osiyo davlatlari boʻyicha esa maʼlumot berilmagan.

 

Eslatib oʻtish lozim, taqdim qilingan maʼlumot 2020-yilga tegishli boʻlib, unda dengiz sathi 50-70 sm ga oshishi prognoz qilingan.

 

Quyida keltirilgan jadvalda suv ostida qoladigan hududlar va toshqinlardan jabr koʻradigan aholi soni taxmin qilingan:

 

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//