“Lazgi. Muhabbat va qalb raqsi” balet spektakli Qozogʻistonda namoyish etildi

Saqlash
15:29 / 18.03.2025 225 0

17-mart kuni Abay nomidagi Qozogʻiston milliy opera va balet teatrida “Lazgi. Muhabbat va qalb raqsi” balet spektakli jonlantirildi.

 

 

Mirziyoyevaning taʼkidlashicha, bunday madaniy tadbirlar goʻzal oʻzbek sanʼatini namoyon etibgina qolmay, qardosh millatlar oʻrtasidagi doʻstlik, birodarlik rishtalarini yanada mustahkamlashga, oʻzaro munosabatlarni yangi bosqichga koʻtarishga yordam beradi.

 

 

 

 

“Biz, Prezidentimiz tomonidan boshlab berilgan yaxshi qoʻshnichilik anʼanalariga sodiq qolgan holda, Markaziy Osiyo davlatlari bilan iqtisodiy, siyosiy va, albatta, madaniy sohalarda hamkorlikni kuchaytirishga oʻz hissamizni qoʻshishni maqsad qilganmiz. Xalqlarimiz oʻrtasida totuvlik, ahillik hukm sursa, ushbu mintaqa qudratli hamjihatlik markaziga aylanishi shubhasiz”, deb yozdi Saida Mirziyoyeva oʻz Telegram sahifasida.

 

 

 

Maʼlumot uchun, ushbu balet spektakli premyerasi 2024-yilning yanvarida Pekindagi Xitoy milliy opera teatrida namoyish qilingan edi.

 

#yakdilmintaqa

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//