Madaniyat
Urganch shahrining Tazmiyaz hududidagi bino negizida “Lazgi va Avesto” muzeyi tashkil etiladi. Bu haqda 12-may kuni qabul qilingan 241-son qarorda qayd etiladi. Unga koʻra, azkur muzey Oʻzbekiston zamonaviy sanʼat muzeyi filiali sifatida faoliyat yuritadi.
Yangi muzey Xorazmning nomoddiy madaniy merosi hisoblangan lazgi raqsi hamda qadimiy “Avesto” merosi tarixini keng jamoatchilikka yetkazishga xizmat qiladi. Muzeyda noyob eksponatlar, zamonaviy ekspozitsiyalar va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari asosida tashkil etilgan ko‘rgazmalar orqali tashrif buyuruvchilar Xorazmning boy madaniy qatlamini yaqindan his qilish imkoniga ega bo‘ladi.
Qarorga ko‘ra, muzey fondini shakllantirish, eksponatlarni asrab-avaylash, yosh avlodni tarixiy va madaniy merosga hurmat ruhida tarbiyalash, shuningdek, mahalliy va xorijiy sayyohlarni keng jalb etish asosiy vazifalar etib belgilangan. Ekspozitsiyalarni tashkil etishda zamonaviy texnologiyalardan foydalanish va jahon muzeyshunosligi tajribasini joriy etish ham ko‘zda tutilgan.
Muzey faoliyati Xorazm viloyati mahalliy byudjeti, muzeyning o‘z daromadlari, homiylik xayriyalari hamda qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan moliyalashtiriladi. Muzeyni saqlash va xodimlar mehnatiga haq to‘lash bilan bog‘liq xarajatlar belgilangan tartibda qoplanadi.
Shuningdek, Xorazm viloyati hokimligiga 2026-yil 1-iyulga qadar binoni ta’mirlash, ekspozitsiya yaratish va moddiy-texnik bazani shakllantirish vazifasi yuklatilgan. Shtat jadvali tasdiqlanib, malakali kadrlar bilan ta’minlash choralari ko‘riladi.
Mazkur muzey Xorazmning boy madaniy merosini zamonaviy talqinda namoyon etuvchi, ma’rifiy va turistik ahamiyatga ega muhim maskanlardan biriga aylanishi kutilmoqda.
Siyosat
Madaniyat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
112292
Jamiyat
94968
Jamiyat
91089
Jamiyat
75853
Jamiyat
//
Izoh yo‘q