
Jamiyat
Xodimning oyligidan ushlab qolish mumkin emas, ammo quyidagi 6 ta sabab boʻyicha istisnoli holatlar mavjud:
Soliqlar va yigʻimlarni undirish uchun
Xodim yaʼni qonuniy mehnat qiluvchi tomon shaxs sifatida soliqlar va yigʻimlarni toʻlashi kerak. Shuning uchun ish beruvchi yoki buxgalter soliq va yigʻimlar uchun xodimning ruxsatisiz yoki yozma roziligisiz ham ish haqidan ushlab qolishi mumkin.
Davlat ijrochisining talabnomasiga koʻra
Xodim tegishli sud hujjatiga binoan kimdandir qarzdor yoki davlatga toʻlashi kerak boʻlgan toʻlov(jarima)lari boʻlsa, bunday hollarda davlat ijrochisi xodimning ish beruvchisiga talabnoma yuboradi va ushbu talabnomaga asosan ish beruvchi xodimning ish haqidan ushlab qolishi mumkin.
Xoʻjalik ehtiyojlariga, xizmat safarlariga berilgan mablagʻlarni qaytarish uchun
Xodimga oldindan boʻnak puli berilgan yoki boshqa joydagi ishga koʻchib oʻtganligi munosabati bilan xoʻjalik ehtiyojlariga yoki xizmat safarlariga mablagʻ berilgan boʻlsa va ushbu mablagʻ sarflanmagan boʻlsa, xodim ushbu mablagʻlarni qaytarishi kerak. Masalan, xodim xizmat safari uchun mablagʻ oldi, ammo u ish joyini oʻzgartirdi va xizmat safariga bormadi. Shunday hollarda xodimga xizmat safari uchun oldindan ajratilgan mablagʻlar qaytarilishi zarur.
Eslatma! Bu boʻyicha ish beruvchi 1 oy ichida ushlab qolish haqida buyruq chiqarishi lozim. Mazkur muddat oʻtib ketsa yoki xodim norozi boʻlsa, ushbu masala sud tartibida hal etiladi.
Ish beruvchiga yetkazilgan zararni qoplash uchun
Agar xodim ish beruvchining mol-mulkiga zarar yetkazsa, ushbu zararni xodim qoplab berishi shart.
Misol uchun, xodim oʻziga berilgan kompyuterni oʻzining eʼtiborsizligi oqibatida nosoz holatga keltirdi. Ushbu kompyuterning pulini xodim toʻlab berishi kerak. Ammo xodimning oʻrtacha oylik ish haqi ushbu kompyuter narxidan yuqori boʻlishi kerak. Yuqori boʻlmasa, ushbu ish haqidan zararni qoplay olmaydi.
Aytaylik, ushbu kompyuterning narxi 10 mln soʻm. Xodimning oʻrtacha oylik ish haqi esa 5 mln soʻm. Demak, xodim ish haqidan ushbu kompyuterni toʻlay olmaydi.
Xodim mehnat intizomini buzganligi uchun
Xodim mehnat intizomini buzganligi uchun jarima intizomiy jazo chorasi tayinlanganda, jarima ish haqidan ushlab qolinishi mumkin.
Ishlab berilmagan taʼtil kunlari uchun
Masalan, xodim 2020-yili 1-dekabrdan ishga kirdi va 2021-yil iyul oyida mehnat taʼtili oldi hamda shunga yarasha unga toʻlov amalga oshirildi. Xodim taʼtildan qaytishi bilan ishdan boʻshashi kerakligini va u bilan hisob-kitob qilinishi kerakligini aytdi. Ushbu holatda 2021-yil iyul oyidagi taʼtili uchun 2021-yil 1-dekabrga qadar ishlab berishi kerak edi, ammo u ishlab bermadi.
Bunda xodim ishlab bermagan qismiga taʼtil uchun ortiqcha toʻlov olgan hisoblanadi va ushbu summa qayta hisob-kitob qilinib, xodimning ish haqidan ushlab qolinadi.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Madaniyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q