
Jahon
Haddan tashqari koʻp videokontent koʻrgan foydalanuvchi oʻziga nisbatan yetarlicha baho bermaydi va oʻzi haqida boʻlmagʻur fikrlarga keladi, deya taʼkidlamoqda olimlar.
Saymon Freyzer universiteti (Simon Fraser University) tadqiqotchilari tomonidan olib borilgan bir tadqiqotda ijtimoiy tarmoqlarga mukkasidan ketish va ruhiy buzilish bilan bogʻliq kasalliklar oʻrtasida bogʻliqlik borligini aniqlangan.
Gap shundaki, sotsial tarmoqlarda tarqatilayotgan videolar foydalanuvchiga reallikni buzib koʻrsatadi. Bunda foydalanuvchi hayotni blogerlarning koʻzi bilan koʻrishni boshlaydi. Vaholanki, blogerning maqsadi daromad topish hisoblanadi.
Ular oʻz turmush tarzini hashamatli qilib koʻrsatadi (aslida, uncha boy boʻlmasa ham). Ularni kuzatgan foydalanuvchilar esa oʻz turmush tarzini past baholaydi va tushkunlikka tushadi. Maishiy voqealarga asoslangan yumor va qoʻrqinchli tasvirlarga toʻyintirilgan kontentlar birlashib kishini ruhiy buzilishlarga duchor qiladi.
Ijtimoiy tarmoqlarning ashaddiy kuzatuvchilari bir vaqtning oʻzida meʼyoridan ortiq axborotlarni isteʼmol qilayotganini bilmaydi. Miya esa buncha koʻp kontent isteʼmol qilishga koʻnikmagan.
Xullas, kuzatuvchi oʻzi havas qilgan mashhur shaxsning hayoti orqali oʻzini aldaydi va bu oxir-oqibat unda psixologik muammolarni paydo qiladi. Yashashga boʻlgan qiziqishi susayib ketadi.
Siyosat
Ilm-fan
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q