Sadir Japarov Markaziy Osiyo mamlakatlari uchun vizasiz rejim, boshqa davlatlar uchun yagona viza joriy etishni taklif qildi

Saqlash
17:38 / 14.03.2025 52 0

Qirgʻiziston prezidenti Sadir Japarov mintaqadagi barcha davlatlar chegara masalalarini hal qilganini maʼlum qildi. Bu haqda u oʻzining facebook sahifasida yozib qoldirgan.

 

“Bugun (13-mart kuni) Qirgʻiziston va Tojikiston oʻrtasidagi 101-yil davomida (1924-yildan beri) hal etilmagan chegara masalasi nihoyat hal boʻldi” – deydi prezident.

 

Prezident bu nafaqat ikki davlat, balki butun Markaziy Osiyo mintaqasi uchun katta voqea ekanini taʼkidlagan. U shuningdek, Markaziy Osiyo davlatlari boshqa davlatlar uchun yagona – Shengen vizasiga oʻxshash umumiy viza joriy qilish kerak, deb hisoblaydi.

 

"Endi Markaziy Osiyo mamlakatlar oʻzaro vizasiz rejim, boshqa davlatlardan keladigan mehmonlar uchun boʻlsa regionning barcha mamlakatlari boʻylab erkin harakatlanish imkonini beruvchi yagona viza – Shengen vizasining analogini joriy jarayonini boshlashi kerak" – deb yozadi Prezident.

 

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//