
Jahon
Tojikiston prezidentining Bishkekka tashrifi doirasida ikki mamlakat oʻrtasidagi chegara toʻgʻrisida shartnoma imzolandi.
“Bugun biz mamlakatlarimiz oʻrtasidagi chegara masalasi boʻyicha tarixiy qaror qabul qilmoqdamiz. Ushbu kelishuv davlatlararo munosabatlarni yanada kengaytirish uchun mustahkam zamin yaratadi. Bugungi imzolanayotgan hujjatlar toʻplami tojik-qirgʻiz munosabatlarida yangi sahifa ochadi”, degan Tojikiston prezidenti.
Sadir Japarov, oʻz navbatida, tojik-qirgʻiz chegarasini delimitatsiya va demarkatsiya qilish boʻyicha hukumat komissiyalari samarali ish olib borganini alohida taʻkidladi.
Shuningdek, 13-mart kuni Qirgʻiziston va Tojikiston prezidentlari ikki davlat chegarasidagi “Qizil-Bel-Avtodorojniy” va “Qayragʻoch-Avtodorojniy” nazorat-oʻtkazish punktlarining ochilishida onlayn tarzda ishtirok etdi.
Shu bilan birga, Tojikiston va Qirgʻiziston oʻrtasida havo qatnovini tiklash masalasi ham koʻrib chiqildi. 14-mart kuni Somon Air aviakompaniyasi deyarli 4-yillik tanaffusdan soʻng Dushanbe-Bishkek-Dushanbe yoʻnalishi boʻyicha ilk charter reysini amalga oshiradi. 23-martdan boshlab mazkur yoʻnalish boʻyicha parvozlar muntazam ravishda yoʻlga qoʻyiladi.
Tojikiston va Qirgʻiziston oʻrtasidagi munosabatlar 2021-yilda ikki davlat chegarasida yuz bergan qonli toʻqnashuvlardan soʻng keskin yomonlashgan edi. Shundan soʻng, Qirgʻiziston hukumati Tojikiston bilan chegarani, jumladan, havo chegarasini rasman yopdi. Shuningdek, ikki davlat oʻrtasidagi aviaqatnovlar ham toʻxtatildi.
Siyosat
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q