Jahon
Iqtisodiyot va Tinchlik instituti (IEP) 2025-yilgi “Global terrorizm indeksi”ni taqdim qildi. Unga 163 ta davlatlar kiritilgan.
Reytingning ranglar boʻyicha ajratilgan boʻlib, jigarrang «terrorizm tahdidi eng yuqori boʻlgan“ hududlarni koʻrsatadi. Bunda Burkina Faso, Pokiston va Suriya eng yuqori uchlikdan joy olgan. “terrorizm tahdidi yuqori” davlatlar 15 ta boʻlib, ularning ichida Isroil (8-oʻrin), Afgʻoniston (9-oʻrin), Hindiston (14-oʻrin), Rossiya (16-oʻrin) va Eron (18-oʻrin) ham bor.

Markaziy Osiyo davlatlari “terrorizm tahdidi juda past boʻlgan” va “terrorizm taʼsiri yoʻq boʻlgan” davlatlar roʻyxatida koʻrsatilgan. Jumladan, reytingda Tojikiston 70-, Oʻzbekiston 90-oʻrindan joy olgan holda, “terrorizm tahdidi juda past boʻlgan” mamlakatlar qatoriga kiritilgan.

Qirgʻiziston, Qozogʻiston va Turkmaniston (100-oʻrin) esa Iqtisodiyot va Tinchlik instituti tomonidan “terrorizm taʼsiri yoʻq boʻlgan” davlatlar sifatida tan olingan.
Jamiyat
Jamiyat
Madaniyat
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
109716
Jamiyat
94097
Jamiyat
89881
Jamiyat
73080
Jamiyat
//
Izoh yo‘q