Madaniyat
Prezident qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Yangi yil arafasida Jizzax viloyati Forish tumanida “Ma’naviyat maskani”ning ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda tuman hokimi Ikrom Matiyev, Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi Jizzax viloyat bo‘limi boshlig‘i Iqboloy Umarova so‘zga chiqib, barchani kelayotgan bayram bilan tabrikladi.
.jpg)
“Ma’naviyat maskani”ni jihozlash uchun tuman mahalliy byudjetidan 57 million so‘m mablag‘ sarflandi. Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi viloyat bo‘limi tomonidan 200 dona turli adabiyotlar taqdim qilindi.
Tadbirda tuman bo‘yicha o‘tkazilgan kitobxonlik tanlovining g‘oliblariga faxriy yorliq va esdalik sovg‘alari topshirildi. Shundan so‘ng tadbir ishtirokchilari “Ma’naviyat maskani”da amalga oshirilgan ishlar bilan tanishdilar.
Madaniyat
Ilm-fan
Madaniyat
Jamiyat
Siyosat
109953
Jamiyat
94286
Jamiyat
90139
Jamiyat
73389
Jamiyat
//
Izoh yo‘q