
Jamiyat
Qurilishda ishlayotgan fuqarolarga “Yangi Toshkent” dasturi boʻyicha boʻsh ish oʻrinlari taklif qilinmoqda.
Maʼlum boʻlishicha, 20 ming gektar maydonda barpo etilayotgan ushbu loyihasi uchun 10 mingga yaqin soha egalari zarur boʻlmoqda. Jumladan, betonchi, payvandchi, santexnik, gʻisht teruvchi, elektrik, suvoqchi kabi 38 turdagi yoʻnalish boʻyicha mutaxassislarga talab mavjud.
Oylik 8–15 mln boʻlib, ishchilar yotoqxona, kiyim-kechak, transport xizmati va 3 mahal issiq ovqat bilan taʼminlanadi.
Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi ishga joylashishga talabgor boʻlganlardan 11-76 raqamiga qoʻngʻiroq qilishni soʻramoqda.
Xabarga qoʻshimcha qilinishicha, hozirda kun davomida 1000 ga yaqin qoʻngʻiroq boʻlmoqda. Qoʻngʻiroqlar soni koʻpayganligi tufayli, limit (bir paytning oʻzida 50 tagacha qoʻngʻiroq)dan oshganda uzilish roʻy bergan.
Biroq ushbu muammo 4-mart soat 12:00 ga qadar bartaraf etiladi. Qoʻngʻiroq qilib, navbat kutishni istamagan (bogʻlana olmagan) fuqarolar uchun alternativ taklif sifatida Telegram bot ham ishga tushirilgan.
Endilikda Yangi Toshkent shahri loyihasi qurilishida ishlashni istaganlar @yangi_toshkent_qurilishi_bot orqali oʻzlari haqida maʼlumotlarni yozib qoldirishimi mumkin. Masʼul shaxslar maʼlumotda koʻrsatilgan raqamga kun davomida qayta aloqaga chiqadi.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Madaniyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q