Madaniyat vazirligi 50 ta audiovizual asar yaratish boʻyicha tanlov eʼlon qildi

Saqlash
10:28 / 04.03.2025 255 0

Madaniyat vazirligi nomoddiy madaniy meros namunalarini yozib olish va keng targʻib qilish, jumladan, Internet va ijtimoiy tarmoqlarda eʼlon qilish uchun 50 ta audiovizual asar yaratish boʻyicha davlat buyurtmasini eʼlon qildi.

 

Davlat buyurtmasi quyidagi yoʻnalishlarni oʻz ichiga oladi:

▪️ Misgarlik;

▪️ Pichoqchilik;

▪️ Taqachilik;

▪️ Toshtaroshlik;

▪️ Kashtadoʻzlik;

▪️ Koʻnchilik;

▪️ Tikuvchilik;

▪️ Toʻquvchilik;

▪️ Tunikasozlik;

▪️ Doʻppidoʻzlik;

▪️ Naqqoshlik;

▪️ Sozgarlik;

▪️ Nonvoylik;

▪️ Kosibchilik;

▪️ Egar-jabduq yasash;

▪️ Xattotlik;

▪️ Quroqchilik;

▪️ Maqom sanʼati;

▪️ Katta ashula;

▪️ Jirov ijrochiligi;

▪️ Dutor ijrochiligi;

▪️ Doira ijrochiligi;

▪️ Karnay va surnay ijrochiligi;

▪️ Oʻlan;

▪️ Lapar;

▪️ Tanovar;

▪️ Kurash sanʼati;

▪️ Alla;

▪️ Mavrigi;

▪️ Lazgi;

▪️ Masxarabozlik;

▪️ Qoʻgʻirchoqbozlik;

▪️ “Qumpishak” raqsi;

▪️ Chanqovuz ijrochiligi

▪️ Beshikka belash bilan bogʻliq anʼanalar;

▪️ Sunnat toʻyi bilan bogʻliq urf odatlar;

▪️ Sovchilik bilan bogʻliq udumlar;

▪️ Sumalak sayli;

▪️ Nikoh bilan bogʻliq urf-odatlar;

▪️ Qorabayir otlarini parvarish qilishga oid anʼanalar;

▪️ Hashar bilan bogʻliq urf-odatlar;

▪️ Hosil bayrami;

▪️ Anʼanaviy xalq tabobati;

▪️ Siniqchilik;

▪️ Tez aytish;

▪️ Topishmoq;

▪️ Ertaklar;

▪️ Matallar;

▪️ Afsonalar;

▪️ Rivoyatlar.

 

Audiovizual asarlar bir qator shartlar asosida qabul qilinadi:

▪️ audio asarlar – vew va mp3 shaklida (audio asar boshidan “Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining davlat buyurtmasi asosida tayyorlangan” soʻzlari aytiladi);

 

▪️ video asarlar – mp4 hamda full HD shaklida (video asar boshidan “Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining davlat buyurtmasi asosida tayyorlangan” soʻzlari va Madaniyat vazirligi logotipi koʻrsatiladi).

 

Bundan tashqari, audiovizual asarlarni yaratish boʻyicha ishchi organga quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:

➖ audiovizual asar ssenariysi – qogʻoz koʻrinishida bir nusxada hamda elektron koʻrinishida jismoniy yoki yuridik shaxsning yozma murojaati;

 

➖ ishlatiladigan materiallar, dekoratsiyalarning soni va bahosi koʻrsatilgan rangli eskizi;

 

➖ ishlatilgan mato, liboslarning miqdori va bahosi koʻrsatilgan rangli eskizi;

 

➖ audiovizual asarlarini sahnalashtirish uchun zarur materiallar, uskunalar, xizmatlarning ilovasi bilan xarajatlar sxemasi loyihasi.

 

Murojaatchilar (55)502-33-77 (1310) ga bogʻlanishi yoki @milliy_qadriyat_boti orqali maʼlumot olishi mumkin.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//