
Madaniyat
Temuriyzoda Ibrohim Sulton qoʻli bilan koʻchirilgan noyob Qurʼon nusxasining bir nechta shakli hozirda Eron va boshqa xalqaro fondlarda saqlanayotgani maʼlum boʻldi.
Manbalarda yozilishicha, 1423-yilda suls xatida koʻchirilgan bir nusxa Ostoni Qudsi Rizaviy kutubxonasida, yana bir nusxa esa 1937-yilgacha Sherozdagi “Qurʼon darvozasi”da saqlanib, keyinchalik Pors muzeyiga oʻtkazilgan. Ushbu ikki jildli qoʻlyozma oʻzining badiiy jihatdan nafisligi va bezaklari bilan alohida ajralib turadi. Bundan tashqari, Ibrohim Sulton tomonidan koʻchirilgan yana bir nusxa Metropoliten muzeyida saqlanayotgani haqida maʼlumotlar bor.
Qurʼon qoʻlyozmalarining yuksak xattotlik sanʼati bilan ijro etilgani, zargʻaldoq va oltin bezaklar bilan yozilgani olimlarning diqqat markazida boʻlib, ayni paytda ushbu noyob asarning faksimile nusxasi tayyorlanmoqda va kelgusida Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi ekspozitsiyasida namoyish etilishi rejalashtirilgan. Filologiya fanlari doktori Aftondil Erkinov bu borada tadqiqot ishlarini olib bormoqda.
Maʼlumot uchun, temuriy shahzoda Ibrohim Sulton oʻz davrida davrida ilm-fan va sanʼat taraqqiyotida katta hissa qoʻshgan. U Qurʼoni karimni oʻz qoʻli bilan besh nusxada koʻchirgan.
Ibrohim Sulton Shohrux Mirzoning ikkinchi oʻgʻli boʻlib, 1394-yil 28-avgustda hozirgi Turkiyaning Qars viloyatida tugʻilgan. U akasi Mirzo Ulugʻbek bilan bir yilda, faqat boshqa ayol, Toʻti Xotundan dunyoga kelgan.
Bolalikda Ibrohimni Abul-Fath, Mugʻiysiddin ismlari bilan ham atashgan. Milodiy 1435-yil 9-may kuni bobosi Sohibqiron Amir Temur unga shaxsan “Sulton Ibrohim” unvonini bergan.
Ibrohim Sulton 21-yil davomida, 1414-yildan 1435-yilgacha, yaʼni umrining soʻngiga qadar Fors viloyati hokimi boʻlib qoladi. U 1435-yil 3-aprelda Sheroz shahrida 41 yoshida, otasidan 12-yil avval vafot etadi.
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q