
Siyosat
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti “Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti bilan taqdirlash toʻgʻrisida”gi Qarorni imzoladi.
Unga koʻra, mukofot bilan mamlakatimizda xotin-qizlarni eʼzozlash, ularning ezgu orzu-intilishlarini qoʻllab-quvvatlash hamda oʻzining iqtidori, muhim gʻoya va tashabbuslari, ibratli amaliy ishlari va erishgan yutuqlari bilan yoshlarga oʻrnak boʻlib kelayotgan, ijtimoiy-iqtisodiy hayotimizdagi oʻzgarishlar jarayonida faol ishtirok etib, Vatanimiz ravnaqi yoʻlida bor kuch-gʻayrati, zamonaviy bilim va malakasi, maʼnaviy-intellektual salohiyatini namoyon etayotgan qizlarimiz munosib ragʻbatlantirilmoqda.
Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti bilan taqdirlanganlarga 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan oʻtkaziladigan bayram tantanalarida sovrindorlik diplomlari va koʻkrak nishonlari topshiriladi. Sovrindorlarining har biriga bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravari miqdorida pul mukofoti beriladi.
Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti bilan taqdirlanganlar roʻyxati quyidagicha:
Turemuratova Biybinaz Kenesbay qizi — Toshkent axborot texnologiyalari universitetining Nukus filiali kompyuter injiniringi mutaxassisligi boʻyicha 1-bosqich magistranti (Qoraqalpogʻiston Respublikasi)
Ibragimova Shaxzoda Alisher qizi — Olimpiya va milliy sport turlari boʻyicha Nukus oliy sport mahorati maktabining badiiy gimnastika boʻyicha murabbiysi (Qoraqalpogʻiston Respublikasi)
Sotvoldiyeva Moxinur Xazratullo qizi — Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetining adabiyot nazariyasi ixtisosligi boʻyicha tayanch doktoranti (Andijon viloyati)
Usmonova Dilshoda Egamberdi qizi — Andijon davlat pedagogika institutining jismoniy madaniyat fakulteti 2-bosqich talabasi
Ruxillayeva Nilufar Shukrullo qizi — Oʻzbekiston Milliy universitetining xorijiy filologiya fakulteti 3-bosqich talabasi (Buxoro viloyati)
Bahronova Dilshoda Tohirovna — Buxoro davlat tibbiyot institutining tibbiyot fakulteti 6-bosqich talabasi
Ortiqova Eʼzoza Nodir qizi — Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining xalqaro iqtisodiyot va menejment mutaxassisligi boʻyicha 1-bosqich magistranti (Jizzax viloyati)
Abdurazoqova Mehribon Jaloliddin qizi — Jizzax viloyati Sharof Rashidov tumanidagi 8-bolalar musiqa va sanʼat maktabining fortepiano sinfi oʻqituvchisi
Sheraliyeva Jasmina Erkin qizi — Guliston davlat universitetining sanʼatshunoslik fakulteti 1-bosqich talabasi (Qashqadaryo viloyati)
Mahammadrizoyeva Madinabonu Mahammadriza qizi — Xalqaro qishloq xoʻjaligi universitetining qishloq xoʻjaligi fakulteti 3-bosqich talabasi (Qashqadaryo viloyati)
Yoʻldosheva Ummatoy Toʻlqinovna — “Yangi Oʻzbekiston” universitetining sanoat boshqaruvi mutaxassisligi boʻyicha 1-bosqich magistranti (Navoiy viloyati)
Abdullayeva Saida Ravshan qizi — Toshkent tibbiyot akademiyasining davolash fakulteti 1-bosqich talabasi (Navoiy viloyati)
Olimjonova Aqidaxon Anvarjon qizi — Namangan viloyati Namangan ixtisoslashtirilgan sanʼat maktabining 11-sinf oʻquvchisi
Toʻychiyeva Dilafruz Nuʼmonjon qizi — Qoʻqon davlat pedagogika institutining oʻzbek tili va adabiyoti fakulteti 3-bosqich talabasi (Namangan viloyati)
Anorova Gulhayo Zokir qizi — Samarqand viloyati Samarqand shahridagi “Vatanparvar” mahalla fuqarolar yigʻini kompleks ijtimoiy xizmat koʻrsatuvchi xodimi
Xamdamova Afroʻza Akbarovna — Samarqand viloyati Samarqand shahridagi 42-umumiy oʻrta taʼlim maktabining 9-sinf oʻquvchisi
Abdusalamova Zanjiloy Farxod qizi — Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetining xalqaro jurnalistika fakulteti 3-bosqich talabasi (Sirdaryo viloyati)
Gʻaniyeva Maftuna Abduaziz qizi — Guliston davlat universitetining taʼlim-tarbiya nazariyasi va metodikasi ixtisosligi boʻyicha tayanch doktoranti (Sirdaryo viloyati)
Abdusaidova Gulruxsorabegim Komiljon qizi — Toshkent davlat yuridik universitetining jinoiy odil sudlov fakulteti 4-bosqich talabasi (Surxondaryo viloyati)
Zaripova Rushana Robertovna — Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universitetining oʻzbek adabiyoti ixtisosligi boʻyicha tayanch doktoranti (Surxondaryo viloyati)
Anvarova Naima Anvar qizi — Toshkent viloyati Chinoz tumanidagi 7-umumiy oʻrta taʼlim maktabining ona tili va adabiyot fani oʻqituvchisi
Uralova Oysha Abduraim qizi — Toshkent viloyati Angren shahridagi “Yangiobod kelajak sari” oilaviy korxonasi rahbari
Abdurasulova Dilnoza Botirali qizi — Toshkent axborot texnologiyalari universitetining Fargʻona filiali dasturiy injiniring kafedrasi assistenti
Saynazarova Layloxon Odiljon qizi — Fargʻona viloyati Quvasoy shahar madaniyat boʻlimi toʻgarak rahbari
Kamalova Shaxzoda Kaxramon qizi — Xorazm viloyati Urganch shahridagi 3-ixtisoslashtirilgan umumiy oʻrta taʼlim maktabining 11-sinf oʻquvchisi
Sobirova Layloxon Arslonbek qizi — Toshkent xalqaro moliyaviy boshqaruv va texnologiyalar universitetining jismoniy tarbiya va sport mashgʻulotlari nazariyasi va metodikasi mutaxassisligi boʻyicha 1-bosqich magistranti (Xorazm viloyati)
Sodiqova Nasiba Majitovna — Oʻzbekiston davlat sanʼat va madaniyat institutining teatr sanʼati fakulteti 3-bosqich talabasi (Toshkent shahri)
Babeshko Alina Aleksandrovna — Oʻzbekiston davlat xoreografiya akademiyasining xoreografiya kafedrasi oʻqituvchisi (Toshkent shahri)
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q