Qadamlar uchun pul to‘laydigan platforma ishga tushirildi

Saqlash
09:19 / 19.05.2026 110 0

Ekologiya qo‘mitasi matbuot xizmati 10 ming qadam uchun pul to‘laydigan “Eko-faol fuqaro” platformasi ishga tushganini ma’lum qildi.



Ma’lumot uchun, Prezident qaroriga binoan, aholi orasida ekologik madaniyatni oshirish uchun “10 ming qadam piyoda” tashabbusini tiklash, “Sog‘lom turmush tarzi” platformasini ishga tushirish belgilangan edi.



Xabarda aytilishicha, 1-maydan faoliyati yo‘lga qo‘yilgan “Eko-faol fuqaro” platformasini App Store va Play Market orqali yuklab olib, foydalanish mumkin.

 

Foto: Daryo



Ta’kidlanishicha, “10 ming qadam piyoda” aksiyasini amalga oshirish va rag‘batlantirish, ya’ni pul to‘lash tartibini ishlab chiqish jarayoni bosqichma-bosqich davom etmoqda.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//