Toshkent toʻqimachilik va yengil sanoat instituti tomonidan press-tur tashkil etildi

Saqlash
12:09 / 27.02.2025 110 0

Joriy yilning 25-fevral kuni Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Toshkent toʻqimachilik va yengil sanoat instituti tomonidan press-tur tashkil etildi. Unda OAV vakillari hamda ijtimoiy tarmoq faollari ishtirok etdi.

 

Unda qayd etilishicha, Toshkent toʻqimachilik va yengil sanoat instituti 2022/2023 oʻquv yilidan boshlab, Respublikada birinchilardan boʻlib, tajriba-sinov tariqasida dual taʼlim shaklida oʻqitishni yoʻlga qoʻydi.

 

 

Bugungi kunda “Kasb egasi” dual taʼlim tizimi asosida tahsil olayotgan jami 1251 nafar talabadan 251 nafari dual taʼlim asosida tahsil olish bilan bir vaqtda korxonada oylik maosh olib mehnat faoliyatlarini olib borishmoqda.

 

 

Press-turda ilk manzil “ZELAL TEKSTIL” MCHJ xorijiy korxonasi boʻldi. Qayd etilishicha, institut korxona bilan 2022-yildan buyon talabalarni dual taʼlim asosida oʻqitish, talabalar amaliyotini tashkil etish yuzasidan hamkorlik qiladi. 2022-yildan buyon ayni vaqtgacha korxonada 120 nafar talabalar dual taʼlim asosida tahsil olishgan. Institutni bitirgan 10 dan ortiq talabalar korxonada mehnat faoliyatlarini olib borishmoqda. 2024/2025 oʻquv yilida 18 nafar talabalar dual taʼlim asosida tahsil olish bilan bir vaqtda oylik maosh olib oʻz mehnat faoliyatlarini olib borishmoqda.

 

 

Shundan soʻng jurnalistlar “Nurtex” MCHJ faoliyati bilan tanishishdi. MCHJ Toshkent toʻqimachilik va yengil sanoat instituti bilan talabalar amaliyotini tashkil etish, 2022-yildan buyon talabalarni dual taʼlim asosida oʻqitish yuzasidan hamkorlik qiladi. Talabalarga korxonaning yetuk mutaxassislari zamonaviy tikuv mashinalarida, tugma qadash va izma ochish yarim avtomatlarida, namlab isitib ishlov berish uskunalarida, bichish dastgohlarida ishlashni oʻrgatadilar. Dual taʼlim shaklida tahsil olish jarayonida talabalar oylik maosh olib oʻz mehnat faoliyatlarini olib bormoqda.

 

 

Press-turning soʻnggi manzili Toshkent toʻqimachilik va yengil sanoat instituti boʻldi. OTMda yangi texnopark ochildi. Unda talabalarni ishlab chiqarish jarayoniga tayyorlash barcha shart-sharoit yaratilgan.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//