
Ilm-fan
Norvegiya Nobel qoʻmitasi Tinchlik boʻyicha 2025-yilgi Nobel mukofotini jasur va fidoyi, demokratiya uchun kurashuvchi venesuelalik ayol Mariya Korina Machadoga berilishga qaror qildi.
Mukofot Mariya Machadoga Venesuela xalqi uchun “Demokratik huquqlarini taʼminlash yoʻlidagi tinimsiz mehnati va diktaturadan demokratiyaga adolatli va tinch oʻtishga erishish yoʻlidagi kurashi” uchun taqdim etildi.
“Mariya Korina Machado Venesuelada avtoritarizm kuchayib borayotgan bir vaqtda demokratiya uchun kurashga boshchilik qilgan. Machado xonim muhandislik ishi va moliya sohalarida taʼlim olib, bir muddat faoliyat yuritgan. 1992-yilda u Karakasdagi boshpanasiz bolalarga yordam beradigan Atenea Foundation fondiga asos solgan”, deyiladi Nobel qoʻmitasining axborotida.
Oradan 10 yil oʻtgach u erkin va adolatli saylovlar uchun kurashadigan, saylov monitoringi boʻyicha taʼlim va monitoring olib boradigan “Súmate” tashkiloti asoschilaridan biriga aylanadi. 2010-yilda u rekord darajada ovoz yigʻib, Milliy assambleyaga saylanadi. 2014-yilda esa mamlakatdagi rejim uni lavozimidan chetlatilib, “Vente Venezuela” muxolifat partiyasinini boshqaradi. 2017-yilda boʻlsa siyosiy qarashlar xilma-xilligiga qaramay mamlakatning demokratik kuchlarini birlashtirgan “Soy Venezuela” alyansiga asos solinishiga yordam beradi.
2023-yilda u 2024-yilgi prezidentlik saylovlari uchun oʻz kandidaturasini ilgari suradi. Unga saylovda ishtirok etish taʼqiqlangach u boshqa muxolifatchi Edmundo Gonsalesa Urrutia nomzodini qoʻllab-quvvatlaydi. Muxolifat keng yoyilib, uning saylovlardagi haqiqiy gʻalabasini tasdiqlovchi tizimlashtirilgan hujjatlarni toʻplaydi. Rejim kandidat gʻalabasini eʼlon qilib, hokimiyatni mustahkamlaydi.
Qayd etilishicha, Machado xonim eng avvalo Venesuelada demokratiyani rivojlantirishga qaratilgan saʼy-harakatlari uchun Tinchlik boʻyicha Nobel mukofotiga ega boʻlmoqda. Biroq demokratiya xalqaro miqyosda ham ortga chekinmoqda.
Siyosat
Ilm-fan
Madaniyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q