Adabiyot bo‘yicha Nobel mukofoti vengriyalik yozuvchiga berildi

Saqlash
13:09 / 10.10.2025 62 0

2025-yilda adabiyot bo‘yicha Nobel mukofoti venger yozuvchisi Laslo Krasnaxorkaiga “qiyomat dahshati sharoitida san’atning kuchini yana bir bor tasdiqlagan ishonchli ijodi uchun” berildi.

 

Vengriyalik yozuvchi Laslo Krasnaxorkai “qiyomat dahshati sharoitida san’atning kuchini yana bir bor tasdiqlagan ishonchli va bashoratli ijodi uchun” 2025-yilda adabiyot bo‘yicha Nobel mukofoti sovrindori bo‘ldi.

 

“Krasnaxorkai Laslo — Kafka va Tomas Bernxardga borib taqaladigan Markaziy Yevropa an’analariga mansub buyuk epik yozuvchi”, — deya ta’kidladi Nobel qo‘mitasi.

 

Laslo Krasnaxorkai 1985-yilda “Satanin tangosi” romani nashr etilgandan so‘ng mashhurlikka erishgan. Uning boshqa mashhur romanlari orasida “Qarshilik melanxoliyasi” va “Urush va urush” bor. Krasnaxorkai 2015-yilda Xalqaro Buker mukofoti sovrindori ham bo‘lgan.

 

Tinchlik mukofoti laureati 10-oktyabr kuni e’lon qilinadi. 1969-yilda Shvetsiya Banki tomonidan ta’sis etilgan, Alfred Nobel xotirasiga bag‘ishlangan iqtisodiy fanlar bo‘yicha mukofot 13-oktyabr kuni topshiriladi. Laureatlarni taqdirlash marosimi 10-dekabr kuni Stokgolmda (Shvetsiya) bo‘lib o‘tadi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//