Qalbaki spirtli ichimliklar isteʼmolidan vafot etganlar soni qariyb 60 taga yetdi

Saqlash
10:07 / 19.02.2025 103 0

Anqarada soxta spirtli ichimlikdan vafot etganlar soni 59 taga yetdi.

 

Anqara Bosh prokuraturasi oʻlim holatlari boʻyicha maʼlumotlar, shuningdek, qalbaki ichimliklar savdosi bilan bogʻliq tekshiruvlarni davom ettirmoqda. Hozirgacha ish doirasida 28 kishi qoʻlga olingan.

 

Yanvar oyi oʻrtalarida turk OAVlari Istanbuldagi 90 nafarga yaqin bemor qalbaki spirtli ichimlikdan shikoyat qilib tibbiyot muassasalariga murojaat qilgan, ularga metanoldan zaharlanish tashxisi qoʻyilgan. 70 nafar zaharlanganlar vafot etgan.

 

“Zaharlanish holatlari asosan, Turkmaniston va Oʻzbekiston fuqarolari yashaydigan hududlarda qayd etilgan” deb yozadi Report nashri.

 

Shu tariqa, Turkiyada yanvardan to bugunga qadar 129 kishi soxta spirtli ichimlik qurboniga aylangan. Rasmiylar mamlakatda spirtli ichimliklar ishlab chiqaruvchilar va savdo nuqtalarini tekshirish ishlarini kuchaytirgan, bir necha 10 minglab litr soxta alkogol mahsulotlari aniqlangan.

 

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//