Xususiy sektorda ayollarga tugʻruq pulini toʻlash qonun darajasida kafolatlanishi mumkin

Saqlash
12:22 / 17.02.2025 189 0

Xususiy sektorda tugʻruq pulini toʻlashdan qochish koʻpayayotgani sababli “Milliy tiklanish” partiyasi yigʻilishida ayollarga tugʻruq puli toʻlanishini kafolatlaydigan qonun loyihasi muhokama qilindi.

 

Hujjatga koʻra, ish beruvchi tomon endi ayollarni sugʻurta bilan ishga olishga majbur boʻladi.

 

“Bugungi chaqaloq ertaga vatanparvar fuqaro. Bolaning vatanga munosabati ilk bolalik davrida onasi bilan boʻladigan kommunikatsiyaning natijasi ekanligini pedagogika tasdiqlaydi. Afsus, farzand koʻrgan ona onalikning ilk davridanoq eʼtiborini farzandiga emas, uni taʼminlash uchun zarur boʻlgan mablagʻlarni izlashga qaratishiga toʻgʻri kelmoqda. Tugʻruq pulini olish sugʻurtalash orqali hal qilinmoqda, lekin eng kamida 3 yoshgacha ona bolasining oldida boʻlishini moliyalashtirish haqida oʻylashimiz kerak”, degan fraksiya rahbari Alisher Qodirov.

 

Taʼkidlanishicha, garchi bu harakat boʻlsa-da, lekin inson kapitaliga investitsiya hisoblanadi. Bu esa kelajak vatanparvarligining poydevori boʻladi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//