
Jahon
Dushanbeda Oʻzbekiston va Tojikistonning hamkorlik loyihasi boʻladigan “Doʻstlik bogʻi“ni yaratish ishlari boshlanadi.
Ushbu tashabbus tomonlar hamkorligini mustahkamlash, shuningdek, ekologik barqarorlik va qishloq xoʻjaligi rivojiga xizmat qilishi koʻzda tutilgan.
Oʻzbekiston Qishloq xoʻjaligini rivojlantirish agentligi direktori va Tojikiston Qishloq xoʻjaligi vaziri loyihani amalga oshirishning asosiy aspektlarini muhokama qilib, ustuvor chora-tadbirlar boʻyicha kelishib oldi. Unga koʻra, bu bogʻ uchun Tojikistonda yer maydoni ajratiladi, Oʻzbekiston mahalliy klimatga mos keladigan koʻchatlar yuboradi. Bogʻ yaratish boʻlsa, tomonlarning tajriba almashinadigan, tomchilab sugʻorish tizimini joriy etadigan hamkorlikdagi ishi boʻladi.
Eslatib oʻtamiz, Shavkat Mirziyoyev 13-fevral kuni Tojikiston bilan ittifoqchilik munosabatlari toʻgʻrisidagi shartnomani ratifikatsiya qilgan edi.
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Iqtisod
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q