
Jamiyat
Kecha, 11-fevral kuni boʻlib oʻtgan Senatning Yoshlar, xotin-qizlar, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasi majlisida “Oila va xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida”gi qonun muhokama qilindi.
Ushbu hujjat bilan Oila kodeksi, Uy-joy kodeksi, shuningdek, “Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari toʻgʻrisida”gi Qonunga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilmoqda.
Yangilanishlarda oilaviy (maishiy) zoʻravonlikdan jabr koʻrganlarning huquqlarini himoya qilishni yana-da kuchaytirish hamda bunday holatlar takrorlanishining oldini olishga qaratilgan normalar nazarda tutilmoqda.
Jumladan, nikohdan ajratish toʻgʻrisidagi ishlar koʻrib chiqilayotganda sud oilaviy (maishiy) zoʻravonlik jinoyatidan jabrlangan shaxsning talabiga koʻra yarashish uchun muhlat tayinlamasligi belgilanmoqda.
Taʼkidlanishicha, nikohdan ajratish masalasi oʻz vaqtida hal qilinmasligi ayrim hollarda ayollarning oʻz joniga qasd qilishi, bevaqt oʻlimi kabi ayanchli oqibatlarni keltirib chiqarmoqda.
Bu normaning amaliyotga joriy etilishi esa muntazam tazyiq va zoʻravonlik holatlari boʻlgan nizoli oilalarda ogʻir jinoyatlar sodir boʻlishining oldini oladi.
Bundan tashqari, qonun bilan Uy-joy kodeksiga qoʻshimcha kiritilmoqda. Xususan, unda turar joydan foydalanish haqidagi nizolar koʻrib chiqilayotganda sud taraflarning kelishuviga asosan mulkdorning tashabbusiga koʻra turar joyga majburiy tartibda kiritilayotgan tarafni mulkdorga tegishli mutanosib sharoitlarga ega boʻlgan boshqa turar joyga kiritish yoki ijaraga olingan turar joy uchun ijara haqini toʻlash majburiyatini mulkdorning zimmasiga yuklatishi mumkinligi nazarda tutilmoqda.
Majlisda Qoʻmitaning tegishli qarori qabul qilingan.
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q