![](/storage/posts/February2025/X6IvAchUXrD5hNc9yFgf-small.jpg)
Jamiyat
Bugun, 11-fevral kuni boʻlib oʻtgan Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi yigʻilishida “Oʻzbekiston Respublikasida fuqarolarning vijdon erkinligini taʼminlash va diniy sohadagi davlat siyosati konsepsiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qonun loyihasi qabul qilindi.
Maʼlumot uchun, mazkur hujjat va u bilan tasdiqlanayotgan Konsepsiya loyihasi joriy yilning 31-yanvar kuni quyi palata majlisida birinchi oʻqishda qabul qilinib, 10-fevralga qadar palata rasmiy veb-saytiga jamoatchilik muhokamasi uchun joylashtirilgan edi.
Fuqarolar oʻz taklif va fikr-mulohazalarini bildirgan jamoatchilik muhokamasi jarayonida aholidan 400 tadan ortiq izohlar, taklif va tavsiyalar kelib tushgan.
Loyiha yuzasidan ilmiy-tadqiqot muassasalari, fuqarolik jamiyati institutlari, shu jumladan, Parlament tadqiqotlari instituti, Demokratik jarayonlarni tahlil qilish markazi va boshqa bir qator tashkilotlar tomonidan ham fikr-mulohazalar bildirilgan.
Xabarga koʻra, kelib tushgan izoh, taklif va tavsiyalar atroflicha oʻrganilib, ularning muhokamasi hamda konsepsiya loyihasini maromiga yetkazishga bagʻishlab ishchi guruhi va masʼul qoʻmitaning yigʻilishlari oʻtkazilgan.
Taʼkidlanishicha, bugungi majlisda ham Konsepsiya loyihasi keng jamoatchilikning taklif-mulohazalari asosida yanada takomillashtirilgan. Xususan, fuqarolar Jahongir Safayev, Axmadjon Oripov, Amirullo Toʻxliboyev, Shaxnozaxon Gaffarova hamda Qonunchilik palatasi deputatlari tomonidan bildirilgan takliflar asosida Konsepsiyaning 10 dan ortiq bandlariga tegishli oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilgan.
Maʼlum boʻlishicha, ikkinchi oʻqishga tayyorlashda loyihaga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish jarayonida turli konfessiyalar oʻrtasida oʻzaro muloqotni oʻrnatish, konfessiyalararo totuvlik va hamjihatlikni mustahkamlash, Oʻzbekiston xalqining dinlarga oid madaniyati hamda islom sivilizatsiyasining yorqin yutuqlari sifatida tan olingan buyuk mutafakkir va olimlarning diniy-falsafiy merosini, qoʻlyozma manbalarni oʻrganish boʻyicha ilmiy-amaliy tadqiqotlarni qoʻllab-quvvatlash, xotin-qizlarning taʼlim olishi uchun keng shart-sharoitlar yaratish hamda ularni ilm-fanga faol jalb etish orqali ularning ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy faolligini oshirish kabi masalalarga eʼtibor qaratilgan.
Bandma-band muhokama etilgan konsepsiya va uni tasdiqlash haqidagi qonun loyihasi yakunda deputatlar tomonidan qabul qilingan va Senatga yuborilgan.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Madaniyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q