Islom sanʼati toʻplamlari saqlanadigan TOP-5 muzey

Saqlash
14:28 / 11.02.2025 102 0

Islom sanʼatiga bagʻishlangan toʻplamlar saqlanadigan eng yirik muzeylar haqida eshitganmisiz?

 

Quyida ularning TOP-5 ligi keltirilgan:

 

1. Islom sanʼati muzeyi (Qohira, Misr)

 

Qohiradagi Islom sanʼati muzeyi dunyoning eng ulkan muzeylaridan biridir. U oʻzining noyob va kamdan-kam uchraydigan yogʻoch ishlovlari, artefaktlar, keramikalar, shisha, kristallar va matolar bilan butun islom dunyosidan toʻplangan buyumlar bilan mashhur hisoblanadi. Yillar davomida muzeyda 2500 dan ortiq artefaktlar 25 galereyada namoyish etilgan boʻlsa-da, muzeyda 102 mingdan ortiq buyum bor.

 

Eng muhim artefaktlardan biri bu Qurʼonning noyob qoʻlyozmasi boʻlib, baʼzi qismlarida kumush siyoh bilan yozilgan kalligrafiya mavjud.

 

2. Islom sanʼati muzeyi (Doha, Qatar)

 

Qatar poytaxti Doha shahrida joylashgan ushbu muzey 1980-yillarning oxirlaridan boshlab toʻplangan artefaktlar bilan tanilgan. Mazkur muzeyda dunyodagi eng katta islom sanʼati kolleksiyalari jamlangan boʻlib, majmua 1400-yil davomida uch qitʼada musulmon sanʼati va artefaktlarini namoyish etadi. Baʼzi artefaktlar Ispaniya, Iroq, Eron, Hindiston, Turkiya, Misr va Markaziy Osiyodan keltirilgan.

 

Muzeyda VII asrdan XIX asrgacha boʻlgan metall ishlovlari, keramika, zargarlik buyumlari, yogʻoch ishlovlari, matolar va shisha asarlarini oʻz ichiga olgan ijod namunalari namoyish etiladi.

 

3. Ogʻa Xon muzeyi (Toronto, Kanada)

 

Bu muzeyda islom sanʼati hamda Eron sanʼatiga doir noyob topilmalar jamlangan va u Toronto shahrida joylashgan. Muzeyda islom tarixining barcha davrlaridan olingan sanʼat asarlari va meroslarining toʻplami mavjud. Ogʻa Xonning shaxsiy toʻplamlari, Londonning Islom tadqiqotlari instituti va Sadriddin Ogʻa Xonning oilaviy toʻplamlari ham shular jumlasidandir. Artefaktlar orasida keramika, metall ishlovlari va rasmlar bor.

 

Maʼlumotlarga koʻra, muzeyda Ibn Sinoning “Tib qonunlari” asarining eng qadimgi nusxasi (1052-yil) va IX-X asrlarga oid Qurʼoni Karimning sahifasi saqlanadi.

 

4. Turk va Islom sanʼati muzeyi (Istanbul, Turkiya)

 

Istanbulning Fotih tumanida joylashgan ushbu muzey 1524-yilda qurilgan va avval Pargali Ibrohim Poshshoning saroyi boʻlgan. Muzeyda muhim islom xattotlik sanʼati, plitkalar, gilamlar va turli turk madaniyatlarini namoyish etuvchi etnografik koʻrgazmalar mavjud. Turli davrlar va mintaqalardan boʻlgan turar-joylar rekonstruksiya qilinib, koʻrgazmalarda namoyish etilgan.

 

5. Pergamon muzeyi (Berlin, Germaniya)

 

Pergamon muzeyi Berlin shahrida joylashgan boʻlib, 1910-1930-yillarda qurilgan. Muzey ikki qismga boʻlingan: Yaqin Sharq muzeyi va Islom sanʼati muzeyi. Har yili bir milliondan ortiq odam muzeyga tashrif buyuradi. Muzey Germaniyadagi eng koʻp tashrif buyurilgan sanʼat muzeyi sifatida eʼtirof etiladi. Muzeyda VII-XIX asrlar orasidagi artefaktlar, Ispaniyadan Hindistongacha boʻlgan mintaqalardan keltirilgan. Eng mashhur artefaktlardan biri — Mshatta fasadi, bu sahrodagi saroy devorining bir qismi boʻlib, Iordaniya janubida joylashgan.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//