
Madaniyat
Prezident qaroriga koʻra, Alisher Navoiy tavalludining 584-yilligi munosabati bilan Navoiy viloyatida 2025-yil “Alisher Navoiy yili” deb nomlanadi.
Shuningdek, hujjat bilan Alisher Navoiy ijodiy merosini chuqur oʻrganish va keng targʻib qilish hamda Navoiy viloyatida “Alisher Navoiy yili”ni yuqori darajada oʻtkazish boʻyicha respublika komissiyasi hamda chora-tadbirlar dasturi tasdiqlandi.
Unga binoan, Alisher Navoiy merosini oʻrganish ishlarini yanada yuksak bosqichga koʻtarish maqsadida yurtimiz va chet ellarda tizimli asosda ilmiy izlanishlar olib borish va ularning natijalarini eʼlon qilish, ushbu mavzuda yangi ilmiy, badiiy va ommabop asarlar yaratish, xorijdagi navoiyshunos olim hamda ijodkorlarning asarlarini oʻzbek tilida nashr etish choralarini koʻrish Respublika komissiyasining asosiy vazifalaridan biri etib belgilandi.
Bundan tashqari, endi “Alisher Navoiy va Sharq Renessansi” anʼanaviy xalqaro simpoziumi va navoiyxonlik tadbirlari yuqori saviyada oʻtkaziladi.
Navoiy davlat universitetida esa 2025-yil 10–15-oktyabr kunlari “Alisher Navoiy ilmiy-adabiy merosining umumbashariyat maʼnaviy va maʼrifiy taraqqiyotidagi oʻrni” mavzusida xalqaro ilmiy konferensiya tashkil etiladi.
Qarorda “Hazrat Navoiyni anglash – oʻzligimizni anglash” mavzusida respublika tanlovini ham oʻtkazish belgilangan boʻlib, shu bilan birga, taʼlim tashkilotlari va mahallalarda “Navoiyxonlik kechalari” tashkil qilinadi.
Jamiyat
Madaniyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q