Administratsiya shtat birliklari 50 foizga qisqaradimi?

Saqlash
17:11 / 07.02.2025 97 0

Ijtimoiy tarmoqlarda Prezident Administratsiyasida shtat birliklari kamida 50 foizga qisqarishi, boshqa davlat tashkilotlarida ham qisqartirish boʻlishi haqida xabarlar tarqaldi tarqaldi.

 

Sherzod Asadov bunday maʼlumotlarni “rasman tasdiqlanmagan” deb atadi.

 

Uning soʻzlariga koʻra, barcha darajalardagi davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarida, shu jumladan, Prezident Administratsiyasidan tortib quyi tashkilotlargacha boʻlgan barcha idoralarda shtat birliklarini maqbullashtirib borish ishlari bu – doimiy jarayon hisoblanadi.

 

Bundan koʻzlangan asosiy maqsad – bir-birini takrorlovchi funksiyalarni qisqartirish, davlat boshqaruvi tizimi va davlat xizmatchilarining faoliyati samaradorligini oshirish, barcha idoralarda byudjet mablagʻlaridan oqilona va tejamkorlik bilan foydalanishni taʼminlash.

 

“Bu jarayonning hajmi va koʻlami qay darajada boʻlishi, mazkur yoʻnalishda tegishli oʻrganish va tahlillar oʻtkazilganidan keyingina maʼlum boʻladi”, deydi Prezident matbuot kotibi.

 

Shu sababli ham Asadov ommaviy axborot vositalari, blogerlar va ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilaridan bu mavzuga doir xabarlarni tarqatishda faqat rasmiy manbalarga tayanishni soʻragan.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//