Jahon
Afg‘oniston mudofaa vaziri, general Bismilloxon Muhammadiy Interpolni mamlakatdan chiqib ketgan prezident Ashraf Gʻanini hibsga olishga chaqirdi. Bu haqda ria.ru nashri xabar berdi. Ma’lum qilinishicha, vazir davlat rahbarini vatanini sotgani uchun hisbsga olish kerakligini aytgan.
— Vatanni sotadigan va uning ustida savdolashadiganlar jazolanishi va qo‘lga olinishi kerak, — deb yozadi vazir "Interpol, Gʻanini hibsga ol" heshtegi bilan Twitter dagi sahifasiga.
Ma’lumot uchun, Afg‘oniston prezidenti hokimiyatdan voz kechishi kutilayotgani va Afg‘onistonda hokimiyatni o‘tkazish 15-avgust kuni Kobuldagi prezident saroyida bo‘lib o‘tishi ma’lum qilingandi. Shuningdek, Afg‘oniston prezidenti xalqiga murojaat qilgani xabar berilgan. Unda Ashraf Gʻani afg‘onlar o‘limi, oxirgi 20 yil ichidagi yutuqlarning yo‘qotilishi, davlat mulkining yo‘q qilinishiga va beqarorlikka yo‘l qo‘ymasligini qo‘shimcha qilgandi.
Avvalroq sobiq prezident Ashraf Gʻani iste’foga chiqib, Afg‘onistonni tark etgani haqida xabar bergan edik.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q