AQShda yuzlab odamlar Ilon Maskga qarshi namoyishga chiqishdi

Saqlash
16:14 / 05.02.2025 77 0

3-fevral kuni yuzlab odamlar, jumladan, demokratlar milliarder Ilon Mask hukumatga taʼsir oʻtkazayotganiga qarshi norozilik bildirish uchun Vashingtondagi AQSH Moliya vazirligi oldida toʻplanishdi.

 

“Biz Ilon Mask va bir guruh kishilar mablagʻlarimizni, shaxsiy hayotimizni yopiq eshiklar orqasida oʻgʻirlashlariga yoʻl qoʻymaymiz”, — degan senat liderlaridan biri Chak Shumer. Namoyish Mask boshchiligidagi Hukumat samaradorligi departamenti (DOGE) maxfiy maʼlumotlar bazalarini, jumladan, ijtimoiy taʼminot toʻlovlariga oid maʼlumotlarni tekshirish vakolatini olgani haqidagi xabarlar fonida boʻlib oʻtdi.

 

“Qanday boʻlishidan qatʼiy nazar, DOGEning qilayotgan ishlari demokratiya emas”, degan Shumer. “Bu – Amerika tarixidagi eng korrupsiyalashgan bitim. Ilon Mask prezident Donald Trampning saylov kampaniyasini moliyalash uchun millionlar berdi va endi Tramp unga hukumatimizning kalitlarini tutqazdi. Mask Moliya vazirligiga kirib, ijtimoiy taʼminot raqamlarini, shaxsiy maʼlumotlarni oʻgʻrilayapti. Bunga yoʻl qoʻyib berishimiz kerakmi?” – degan senator Kris Van Xollen.

 

Namoyishlarga javoban Moliya vazirligi Kongress aʼzolariga tizimni koʻrib chiqish jarayoni davom etayotgani va Maskning xodimlarlariga faqat oʻqish huquqi berilganini maʼlum qildi.

 

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//