Madaniyat
Bugun Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi raisi Alisher Xadjayev ishtirokida yigʻilish oʻtkazildi. Unda tashkiliy masala koʻrib chiqildi: “Toshkent” teleradiokanali direktori lavozimiga Moʻminov Nozimjon Mahmudovich, “Oʻzbekiston tarixi” telekanali direktori lavozimiga esa Hayitov Shuhrat Moyliyevich tayinlandi.
Hayitov Shuhrat Moyliyevich 1984-yil 20-fevralda Qashqadaryo viloyati Chiroqchi tumanida tugʻilgan.
2013–2014-yillarda “Oʼzbekiston” teleradiokanali “Madaniy-maʼrifiy va badiiy dam olish dasturlari” bosh muharririyatining bosh muharriri oʻrinbosari, 2014-yildan buyon esa bosh muharriri lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi.
Shuhrat Hayitov filologiya fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD), adabiyotshunos. Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi (2021).
Eslatib oʻtamiz, “Oʻzbekiston tarixi” telekanali Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi tarkibidagi kanal hisoblanib, Prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan tashkil etilgan. Mazkur telekanalning ilk efiri 2019-yili mustaqilligimizning 28 yilligi munosabati bilan 1-sentyabrda amalga oshirilgan.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
1 Izoh
Зохир
11:09 / 21.09.2023
УЗБЕК ТИЛИНИ ШОШИЛМАСДАН, ДОНА-ДОНА ВА ЧИРОЙЛИ КИЛИБ ГАПИРИШГА ИНТИЛАДИ, БАЛЕ!