Jamiyat
Oliy Majlis Qonunchilik palatasining majlisida bir guruh deputatlar tomonidan tashabbus qilingan Oʻzbekiston Respublikasida fuqarolarning vijdon erkinligini taʼminlash va diniy sohadagi davlat siyosati konsepsiyasi loyihasi koʻrib chiqilmoqda. Mazkur Konsepsiya loyihasini qonun bilan tasdiqlash nazarda tutilgan.
Maʼlum boʻlishicha, ijtimoiy munosabatlarga muayyan bir dinga xos qoidalarni joriy etish, ayollar va erkaklar huquqlari tengligini shubha ostiga qoʻyish, ijtimoiy axloq normalari, milliy va umuminsoniy qadriyatlarni inkor etish, tibbiy xizmatdan, ilm-fan va madaniyat yutuqlaridan foydalanishga boʻlgan huquqlarni cheklashga qaratilgan gʻoya va qarashlar tarqalishi holatlari uchramoqda.
Ayni paytda tashabbus qilingan hujjat bilan fuqarolarning vijdon erkinligi huquqini taʼminlash va Oʻzbekiston Respublikasi dunyoviy davlat ekanligiga oid konstitutsiyaviy qoidalarni roʻyobga chiqarishga hamda diniy sohadagi davlat siyosatining maqsadi, vazifalari, prinsiplari, ustuvor yoʻnalishlari va ularni amalga oshirish mexanizmlarini belgilash taklif etilmoqda.
Mazkur hujjatga koʻra, diniy sohadagi davlat siyosatining maqsadi – fuqarolarning vijdon erkinligiga boʻlgan huquqlarini amalga oshirish uchun teng shart-sharoitlar yaratish, turli dinlarga mansub diniy tashkilotlar oʻrtasida oʻzaro murosa va hurmat oʻrnatilishiga koʻmaklashish, konfessiyalararo totuvlikni mustahkamlash, jamiyatda diniy bagʻrikenglikni va dunyoviylikni taʼminlashdan iborat.
Konsepsiyada belgilangan asosiy vazifalarning bajarilishi ustidan samarali parlament nazoratini amalga oshirish maqsadida Oliy Majlis palatalarining qarori bilan parlament komissiyasi tashkil etilishi nazarda tutilmoqda.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q