Iqtisod
Oʻzbekistonda yanvar oyi uchun beriladigan pensiya va nafaqa toʻlovlari dam olish kunlaridan keyin, 5−6-yanvar sanasidan boshlab tarqatiladi, deb xabar bermoqda Pensiya jamgʻarmasi matbuot xizmati.
Prezident qaroriga muvofiq pensiya va nafaqalar toʻlovi har oyning birinchi bank ish kunidan boshlanib, oyning 27-sanasiga qadar kunlik grafik asosida (dam olish kunlaridan tashqari) MFY va fuqarolarning yashash manziliga yetkazish belgilangan.
Davlat rahbarining tegishli farmoniga asosan respublika boʻylab 31-dekabr va 1−4-yanvar kunlari barcha soha vakillari uchun dam olish kuni hisoblanadi.
“Shu munosabat bilan xalqimiz oʻrtasida tushunmovchiliklar yuzaga kelishining oldini olish hamda pensiya va nafaqa oluvchilarning ovoragarchiliklariga yoʻl qoʻymaslik maqsadida, yanvar oyi uchun pensiya va nafaqalar naqd pul shaklida tarqatilishi hamda bank kartalariga yuklanishi 5−6-yanvar sanasidan boshlab belgilangan muddatlargacha toʻlanishi taʼminlanadi”, − deyiladi jamgʻarma xabarida.
Madaniyat
Jamiyat
Iqtisod
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
112062
Jamiyat
94748
Jamiyat
90769
Jamiyat
75572
Jamiyat
//
Izoh yo‘q