AQSHda COVIDga qarshi soxta emlanganlik sertifikatini sotgan farmasevt 120 yilga qamaldi

Saqlash
22:01 / 18.08.2021 1078 0

Bu haqda Newsweek.com nashri xabar berdi.

Chikago shtatida internet orqali koronavirusga qarshi yuzdan ortiq soxta emlanganlik sertifikatini sotgan shaxs hibsga olindi.  Ma’lum qilinishicha, 34 yoshli farmasevt Tangtan Chjao AQSH bo‘ylab vaksinalarni tarqatadigan milliy tarmoqda ishlagan. U davlat mulkini o‘zlashtirishning 12 ta bandi bilan ayblanmoqda. Har bir band uchun u 10 yilgacha qamoq jazosiga hukm etiladi va shu tariqa jami 120 yilga ozodlikdan mahrum etiladi, deyiladi xabarda.

— Odamlarning vaksina qabul qilmaganini bila turib, soxta vaksinasiya sertifikatini sotish millionlab amerikaliklarning hayoti va sog‘lig‘ini xavf ostiga qo‘yadi. Mamlakatimiz xavfsizligida arzon savdo qilish nafaqat pandemiyaga qarshi kurashayotganlarni ranjitadi, balki bu og‘ir oqibatlarga olib keladigan federal jinoyatdir, — dedi Chikagodagi FBR idorasi rahbari Emmerson Byu.

Ta’kidlanishicha, Chjao hukumat tomonidan berilgan emlanganlik sertifikatining bir qismini o‘g‘irlab, 125 ta kartani internetda har birini taxminan 10 dollardan sotgan. Prokuratura uning sertifikatlarni 11 dan ortiq xaridorga sotib, 1200 dollardan ortiq foyda qilganini aytgan.

Koronavirusga qarshi emlash butun dunyo mamlakatlarida, xususan, AQSH da ham aholi uchun bepul hisoblanadi. Mart oyi boshida Illinoys shtati bosh prokurori Kvame Raul shtat soxta sertifikat sotib olgan yoki ishlab chiqarganlarga nisbatan qattiq choralar ko‘rilishini ma’lum qilgan.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//