Jahon
Anomal sovuq ob-havo tufayli halok boʻlganlar soni allaqachon 10 kishiga yetgan. Oʻlim holatlari Texas, Alabama va Jorjiya shtatlarida qayd etilgan.
AQSHning janubiy shtatlari – Luiziana, Missisipi, Alabama va Texasning ayrim hududlarida tarixda birinchi bor qor boʻronidan ogohlantirish eʻlon qilindi. Bu haqda, Axios va The New York Times nashri xabar berdi. Shuningdek, ushbu shtatlar gubernatorlari favqulodda holat ham eʻlon qildi.
22-yanvar kuni janubda havo harorati -30 darajagacha sovigan. Hyuston shahrida 8 santimetr qalinlikda qor yoqqan – bu 1963-yildan beri kuzatilmayotgan holat.
Yangi Orlean aeroportiga esa 20 santimetr qalinlikda qor yoqqan boʻlib, bu ham rekord hisoblanadi. Eng koʻp qor Luizianaga yoqqan – bu yerda qor qalinligi 26 santimetrgacha yetadi.
Sovuq ob-havo tufayli aeroportlar 2 mingta reysni bekor qilgan, yana 13 mingta parvoz kechiktirilgan. Shimoldagi deyarli barcha shtatlarni janub bilan birlashtiruvchi I-10 avtomagistrali yopilgan.
AQSHga Arktika sikloni bilan kuchli sovuq shamollar ham kirib kelgan. Prognozlarga koʻra, sovuq ob-havo bir necha kun davomida saqlanib qoladi. Mamlakatda kuchli qor boʻronlari kuzatilishi haqida yanvar oyi boshlarida ogohlantirish berilgandi. Mamlakat poytaxti Vashingtonda 5-yanvardan beri favqulodda holat rejimi amal qilmoqda.
Hukumat aholidan iloji boricha uyda qolishni soʻrayapti, shuningdek, baʻzi transport yoʻnalishlari yopilishini eʻlon qilgan.
Jamiyat
Iqtisod
Jamiyat
Jahon
Iqtisod
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q