Ilm-fan
Siz vaqtni qanday his qilyapsiz? U tezlashgandekmi yoki doimgidek? Xoʻsh, tezlashgandek tuyilsa, bu qachondan boshlandi? Albatta, boshlagan ishingizni nihoyasiga yetkazolmaganingizda, siz buni sezgansiz.
Xullas, sizning vaqt haqidagi taxminingiz toʻgʻri, yaʼni bu aldamchi hissiyot emas.
Mutaxassislar hozirgi kunda 1 sutka 24 soatdan iborat emas deya jar solmoqda. Ha, ishonish qiyin.
Eksperimentga koʻra, agar 1980-yilda 1 sutka 24 soatdan iborat boʻlsa, hozir bu 16 soatga teng. Xoʻsh, nega buni biz sezmaymiz? Axir soatlar vaqtida ishlayapti, quyoshning chiqish va botishida ham nuqson yoʻq-ku.
Oʻz fikrini isbotlash uchun tadqiqotchilar Shuman rezonansiga murojaat qilishdi.
Maʼlumot uchun, Shuman rezonansi bu Yer yuzasi va ionosfera orasidagi tebranishning tabiiy chastotasi hisoblanadi. Bu tebranish xuddi inson yurak urushiga oʻxshaydi va u Yer “pulsi” deb ataladi.
2000-yildan beri Shuman rezonansi bilan tajriba qilib kelayotgan nemis olimi haqiqatdan ham Yerning pulsi tezlashganini, sayyoraning aylanish tezligi oshganini aniqladi. Biroq bu Yerning doimgi faoliyatida sezilmaydi. Yaʼni ichki muhitda hech narsa oʻzgarmaydi. Jarayon bir xil davom etadi. Faqat ular endi tezlikda oʻtib boradi. Vaqt ham, fasllar ham.
Tadqiqotchining aytishicha, uzoq vaqt davomida Yerning pulsi barqaror boʻlgan va natija 7,83 Gts ni tashkil etgan. Ammo 20-asrning oxiridan boshlab chastota oʻsishni boshlagan. Bugungi kunda oʻzgarish allaqachon 16 Gts ga yetgan. Bu shuni anglatadiki, 1 sutka endi 24 soatdan iborat emas. Odatdagi soatlarda vaqtni koʻrsatish oʻzgarmagani uchun esa biz hech narsani sezmaymiz. Chunki biz vaqt oqimiga shoʻngʻib ketganmiz. Ammo atrofimizdagi narsalar juda tez oʻzgaradi.
Inson tanamiz sayyora ichidagi vaqt birligiga muvofiq yashaydi. Ushbu ritmlar buzilganda, bu bizning sogʻiligimizga bevosita taʼsir qiladi. Misol uchun, agar Yerning chastotasi oshsa, koʻpchilik bezovtalik, tashvish yoki aksincha, hatto energiyaning kuchayishini boshdan kechira boshlaydi. Bunday holatlar tanamizning yangi sharoitlarga moslashishga urinishi tufayli yuzaga kelishi mumkin.
Baʼzi olimlar va ezoterik nazariya tarafdorlari “vaqtning tezlashishi global oʻzgarishlar bilan bogʻliq boʻlishi mumkin. Biz moddiy boylikdan koʻra maʼnaviy-axloqiy qadriyatlar muhimroq boʻladigan taraqqiyotning yangi bosqichi ostonasida turibmiz. Bu bosqichda vaqt bizning fikrlashimiz va hayotga yondashuvimizdagi oʻzgarishlarni aks ettira boshlaydi”, deydi.
Soʻnggi 20 yil ichida texnologik taraqqiyot hayratlanarli boʻldi. Smartfonlar, sunʼiy intellekt, kvant hisoblashlari shunchaki tasodifiy hodisalar emas, balki sayyorada roʻy berayotgan global oʻzgarishlarning bir qismidir. Ehtimol, vaqtning tezlashishi bizni yanada tez yangi texnologiyalarni oʻzlashtirishga va eskirib ketadiganlarini yoʻq qilishga undamoqda.
Lekin vaqtning tezlashishi bilan bogʻliq koʻplab nazariyalarga qaramay, mutaxassislar vazmin qarashlarga amal qilmoqda. Yerning elektromagnit maydonlaridagi oʻzgarishlar haqiqatan ham qayd etilmoqda, ammo hozircha vaqt nima uchun tezroq sezila boshlaganiga hech qanday izoh yoʻq. Bu atmosferadagi tabiiy jarayonlar, global iqlim oʻzgarishi yoki shunchaki bizning dunyomiz axborot bilan toʻlib ketganligi bilan bogʻliq boʻlishi mumkin.
Qoʻshimcha maʼlumot, tadqiqotchilar yuqori aniqlikdagi atom soatlari bilan tajriba oʻtkazib, osmonoʻpar binolarning yuqori qavatlarida vaqt tezroq harakat qilishini isbotlagan. Aniqlanishicha, Yerning tortishish kuchi pastki qavatlarga qaraganda yuqorida kamroq boʻlar ekan. Shuning uchun ham ular yuqori qavatlarda yashovchi odamlar tezroq qariydi degan fikrga kelishgan.
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jahon
Madaniyat
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q