Iqtisod
Oʻtgan hafta birjada AI-80 avtomobil benzinining narxi sezilarli pasaydi. Bu haqida Respublika tovar-xom ashyo birjasi maʼlum qildi.
Qayd etilishicha, 20-26-dekabr kunlari AI-80 rusumli avtomobil benzinining kunlik oʻrtacha narxlari mahsulotning bir tonnasi uchun 8 151,3 ming soʻmdan 7 762,3 ming soʻmgacha, yaʼni 4,8% ga pasaygan.
Benzinning oʻrtacha kunlik sotuv hajmlari 4,4 ming tonnani tashkil qilib, sotuvning umumiy hajmi 21 940,0 tonna boʻlgan.
Oʻtkazilgan birja savdolari natijasida AI-80 rusumli avtomobil benzini boʻyicha shakllangan oʻrtacha haftalik narxi mahsulotni bir tonnasi uchun 7 914,2 ming soʻmni tashkil etgan.
Jamiyat
Madaniyat
Jamiyat
Jamiyat
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q