Jamiyat
Toshkent shahrida istiqomat qiluvchi fuqaro oʻz uyiga shu kunga qadar 522-marta tez yordam chaqirgani maʼlum qilindi. Bu haqida OAV xodimlari uchun poytaxtdagi tibbiyot muassasalariga uyushtirilgan press-tur davomida Tez tibbiy yordam Call-markaz boʻlimi mudiri Nasiba Mahmudova aytib oʻtgan.
“Yashnobod tumanining «Mumtoz” mahallasida yashovchi ayol shu kungacha 522 marotaba tez tibbiy yordamga murojaat qilgan. U har kuni 2-3 bor chaqiriqni amalga oshiradi. Baʼzi bemorlarga tez tibbiy yordam muhim holatlardagina chaqirilishi kerakligini tushuntirsangiz, ular bizning faoliyatimizdan norozi boʻladi», – degan Nasiba Mahmudova.
Biroz avval Sogʻliqni saqlash vazirligi yil boshidan 1-dekabrga qadar “Tez yordam” xizmati orqali 11 milliondan ortiq bemorga birinchi tibbiy yordam koʻrsatilgani, biroq, 90 foizdan ziyod bemorlar aslida “103” yordamiga muhtoj emasligi haqida maʼlum qilgandi.
Ilm-fan
Siyosat
Jamiyat
Jahon
Siyosat
Siyosat
111060
Jamiyat
94516
Jamiyat
90459
Jamiyat
74536
Jamiyat
//
Izoh yo‘q