Jahon
Rejalashtirilgan tijorat sayohatlari natijasida yuzaga keladigan talon-tarojlik va vayronagarchilikdan qoʻrqish tufayli birinchi marta Oy xavf ostida qolgan madaniy obyektlar roʻyxatiga qoʻshildi.
Aslida Butunjahon yodgorliklar jamgʻarmasining (WMF) kuzatuv roʻyxati Yerdagi yoʻqolish xavfi ostidagi madaniy obyektlarni oʻz ichiga qamrab oladi. Biroq bu safargi tahdid ostida qolayotgan 25 ta obyekt tarkibida Yerning yoʻldoshi Oy ham bor. Bunga sabab esa Oydagi faoliyatning tezlashib ketayotgani va bular asrab-avaylash protokollarisiz amalga oshirilayotganidir.
Masalan, oʻtgan chorshanba kunining oʻzida SpaceX boʻlajak missiyalar oldidan tadqiqot oʻtkazish maqsadida ikkita havo kemasini Oyga qoʻndirdi. Agar tarixga qaralsa, 1860-yildan buyon faqat 5 ta davlat — AQSh, Xitoy, Hindiston, Yaponiya va sobiq Sovet Ittifoqi bunday qoʻnish jarayonini amalga oshirgan edi.
Kelgusida Oyga shaxsiy sayohatlar ham amalga oshirilishi mumkin va bu 2027-yilning oʻrtalariga rejalashtirilmoqda. Bunday tashriflar, shuningdek, hukumatlar tomonidan moliyalashtirilayotgan boshqa koʻplab missiyalar tufayli Oyga ilk bor tashrif buyurgan Nil Armstrong va Bazz Aldrin qoldirgan oyoq izlari yoʻq boʻlib ketishi mumkin.
“Oyning roʻyxatga birinchi marta kiritilishi bu bizning umumiy tariximizdagi hal qiluvchi lahza boʻlgan, insoniyatning Yerdan tashqaridagi ilk qadamlaridan dalolat beruvchi artefaktlarni tanib olish va saqlab qolish zarurligini bildirishdir”, deydi WMF prezidenti va bosh ijrochi direktori Benedikt de Montlo.
Uning taʼkidlashicha, Oyga qoʻnishni tasvirga olgan kamera, astronavtlar – Armstrong va Aldrin qoldirgan xotira diski va boshqa yuzlab narsalar bu merosning ramzi hisoblanadi. Roʻyxatga Oyning qoʻshilishi bu merosni himoya qilish uchun faol hamkorlik strategiyalariga ommaviy ehtiyoj borligini anglatadi. Yerda boʻladimi yoki undan tashqarimi, bu harakat umumiy tarixni himoya qiladi.
Montlo koinotni oʻrganishning yangi davrida oyning madaniy landshaftini himoya qilish uchun xalqaro mexanizmlarni yaratish muhimligini ham aytgan.
“Oy merosini himoya qilish kosmosdagi xususiy va hukumat tomonidan tezlashtirilib yuboriladigan zararlarning oldini oladi va bu artefaktlarning kelajak avlodlar uchun saqlanib qolishini taʼminlaydi”, dedi u.
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q