Jamiyat
Hozirda tajriba-sinov tariqasida Toshkent shahri va Toshkent viloyatining Yanigyoʻl tumanida joriy etilgan “Ijtimoiy karta” 2024-yilning dekabr oyidan boshlab yangi tayinlangan 9 turdagi ijtimoiy toʻlovlar oluvchi shaxslarga taqdim etilmoqda. 1-dekabrdan boshlab quyidagilarni ijtimoiy karta orqali toʻlash boshlangan:
▪️ Kam taʼminlangan oilalarga bolalar nafaqasi;
▪️ Kam taʼminlangan oilalarga moddiy yordam;
▪️ Yoshga doir nafaqa;
▪️ Nogironlik nafaqasi;
▪️ Yolgʻiz keksalar va nogironligi boʻlgan shaxslar uchun har oylik moddiy yordam;
▪️ Nogironligi boʻlgan 18 yoshgacha bolalarga nogironlik nafaqalari;
▪️ Nogironligi boʻlgan bolalarni parvarishlayotgan onalar uchun nafaqa;
▪️ Protez-ortopediya buyumlari va reabilitatsiya qilishning texnik vositalari xaridi uchun vaucher;
▪️ Boquvchisini yoʻqotganlik nafaqasi.
2025-yil 1-apreldan boshlab esa ushbu hududlar (Toshkent shahri va Toshkent viloyatining Yanigyoʻl tumanida) boʻyicha yana qoʻshimcha 2 turdagi ijtimoiy toʻlovlar ijtimoiy karta orqali toʻlab beriladi. Bular:
▪️ Homiladorlik va tugʻish nafaqasi
▪️ “Saxovat va koʻmak”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari” jamgʻarmalari hisobidan toʻlanadigan bir martalik moddiy yordamlar.
Ijtimoiy karta quyidagi toifadagi shaxslarga bepul beriladi:
▪️ Kambagʻal oilalar reyestriga kiritilgan oilalar (shaxslar);
▪️ “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi orqali kam taʼminlangan deb eʼtirof etilgan oilalar;
▪️ Koʻp bolali oilalarning aʼzolari;
▪️ Nogironligi boʻlgan shaxslar;
▪️ Oʻzgalar parvarishiga muhtoj shaxslar boʻlgan yolgʻiz yashovchi va yolgʻiz keksalar;
▪️ Oʻzgalar parvarishiga muhtoj shaxslar parvarishi bilan band boʻlgan shaxslar;
▪️ Yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalar;
▪️ Vasiylar (homiylar), tutingan ota-onalar;
▪️ Muomalaga layoqatsiz shaxslar;
▪️ Muomala layoqati cheklangan shaxslar;
▪️ Muomalaga layoqatsiz va muomala layoqati cheklangan shaxslarning qonuniy vakillari;
▪️ Pensionerlar;
▪️ Davlat byudjeti mablagʻlari hisobidan stipendiya toʻlanayotgan talabalar;
▪️ Davlat byudjeti mablagʻlari hisobidan stipendiya toʻlanayotgan oʻquvchilar (tinglovchilar);
▪️ Shahar yoʻlovchi transportidan (taksidan tashqari) bepul foydalanish huquqiga ega boʻlgan shaxslarga.
Taʼkidlanishicha, “Ijtimoiy karta” funksiyalari bundan keyin ham bosqichma-bosqich kengaytirib boriladi. Jumladan, 2025-yilning 1-aprelidan boshlab transport kartasi va imtiyozli transport kartasi funksiyalarini ham bajaradi. Yaʼni jamoat transportida imtiyozli yoki bepul foydalanish huquqiga ega boʻlgan shaxslar, belgilangan imtiyozli yoki bepul tarifdan foydalangan holda, imtiyozga ega boʻlmagan shaxslar umumbelgilangan transport tariflarida transportdan foydalanishlari mumkin boʻladi.
Ushbu funksiyani joriy etish maqsadida tegishli axborot tizimlarini integratsiya qilish boʻyicha ishlar amalga oshirilmoqda.
Tajriba sinov bosqichida ijtimoiy karta ochish uchun elektron arizalar “Inson” ijtimoiy xizmatlari markazlari orqali qabul qilinmoqda.
Keyinchalik fuqarolar Yagona davlat interaktiv xizmatlari portali, “Ijtimoiy karta” mobil ilovasi orqali hamda ijtimoiy karta boʻyicha belgilangan Moliyaviy agentlarning boʻlinmalari (AT “Xalq banki”, AT “Aloqabank” ) orqali murojaat etishlari mumkin boʻladi.
Ijtimoiy karta ariza berilgan kundan boshlab 3 ish kuni ichida taqdim etiladi.
Oʻzgalar parvarishiga muhtoj ayrim shaxslarga “Inson” ijtimoiy xizmatlari markazlari tomonidan 15 kun ichida ijtimoiy kartalar ularning yashash joyiga yetkazib beriladi.
Ijtimoiy karta 2025-yil 1-iyuldan boshlab bosqichma-bosqich respublikaning barcha hududlariga joriy etiladi.
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q