Siyosat
Samarqandda taniqli rassomlar Ilya va Emiliya Kabakovlarning “Bagʻrikenglik kemasi” art loyihasi namoyish etilmoqda. Bu haqda Madaniyat va sanʻatni rivojlantirish jamgʻarmasi xabar berdi.
Ochilish YUNESKO Yoshlar forumi doirasida Oʻzbekiston, Qirgʻiziston, Misr, Saudiya Arabistoni, Shveysariya, Buyuk Britaniya yosh musiqachilar konserti bilan boshlangan.
.jpg)
“Bagʻrikenglik kemasi” loyihasi ilk bor 2005-yilda oʻtkazilgan va 20 dan ortiq shaharlarda amalga oshirilgan. Jamgʻarma maʻlumotlariga koʻra, Kabakovlarning asarlari Markaziy Osiyoda ilk bor namoyish etilmoqda. Samarqand “Kema”si jahonga mashhur rassomlarning mintaqadagi birinchi ishtiroki boʻladi.
Madaniyat va sanʻatni rivojlantirish jamgʻarmasi raisi Gayane Umerovaning taʻkidlashicha, “Bagʻrikenglik kemasi” aynan bolalarcha begʻuborlik va ezgulikka ishonch, sanʻat hamda inson idrokining harakatlantiruvchi kuchiga aylanishi mumkinligini eslatadi.
Silk Road Samarkand majmuasi kanali hududida avgust oyida Manchester (Buyuk Britaniya) duradgorlari tomonidan loyiha poydevorini qurish boshlangan.
Art installyatsiya yelkanida butun mamlakat boʻylab bolalar yaratgan va tinchlik, doʻstlik va mehr haqidagi orzular aks etgan minglab rasmlar joylangan. Loyihada sanʻat maktabi oʻquvchilari, Respublika bolalar kutubxonasining doimiy kitobxonlari, Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari ishtirok etadi. Ular uchun Fargʻona, Buxoro, Nukus va Samarqandda qator ijodiy seminarlar oʻtkazildi.
“Bolalar rasmlari va hikoyalari bizni kelajak haqida oʻylashga undaydi. Ularning qiziqish va imkonsiz narsaga boʻlgan ishonchga toʻla nigohlari orqali „Bagʻrikenglik kemasi“ bizni ochiqlik va ishonch tuygʻusini saqlasak, dunyo qanday boʻlishini tasavvur qilishga chorlaydi”, – deydi rassom Emiliya Kabakova.
Ilya va Emiliya Kabakovlarning asarlari dunyo muzeylari va biyennalelarida namoyish etilgan. ARTNews jurnali ularni eng mashhur oʻn zamonaviy rassomlar qatoriga kiritgan.
Ilya va Emiliya Kabakovlar 1988-yildan birga ishlay boshlagan. 2023-yil may oyida Ilya vafotidan keyin Emiliya ularning birgalikdagi loyihalarini amalga oshirishda davom ettirmoqda.
Madaniyat
Siyosat
Madaniyat
Siyosat
Jamiyat
Siyosat
109659
Jamiyat
94043
Jamiyat
89820
Jamiyat
72976
Jamiyat
//
Izoh yo‘q