Jamiyat
Kecha, 16-yanvar kuni “Gender tenglik faoli” milliy tanlovining respublika bosqichi gʻoliblarini taqdirlash marosimi boʻlib oʻtdi. Oyina.uz portali tanlovning “Gender tenglikni targʻib qilishga qaratilgan Internetdagi eng yaxshi veb-sayt yoki portal” yoʻnalishida 1-oʻrinni qoʻlga kiritdi.
Marosimni Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Narbayeva qutlov soʻzi bilan ochib berdi.
Tanlov Xotin-qizlarning jamiyatdagi rolini oshirish, gender tenglik va oila masalalari boʻyicha Respublika komissiyasi tashabbusi bilan har yili anʼanaviy tarzda oʻtkazib kelinmoqda.
Ushbu tanlovni tashkil etishdan asosiy maqsad har bir tashkilotda gender tenglikni taʼminlashga qaratilgan siyosatni shakllantirish, sohada amalga oshirilayotgan ilgʻor tajribalarni aniqlash va ommalashtirish hamda xotin-qizlarning huquq va manfaatlarini himoya qilishdan iborat.
“Gender tenglik faoli” milliy tanlovida ishtirok etish uchun 934 ta tashkilot va muassasalar tomonidan hujjatlar taqdim etildi. Ular tanlov Komissiyasi tomonidan nizom talablari asosida baholanib, 10 ta nominatsiya boʻyicha quyidagilar gʻolib deb topildi.
“Gender tenglikni taʼminlashda eng faol respublika darajasidagi davlat organi” – Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi.
“Gender tenglikni taʼminlashda eng faol hududiy davlat organi” – Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi.
“Gender tenglikni taʼminlashda eng faol tuman davlat organi” – “Ammofos-Maxam” AJ.
“Gender tenglik taʼminlashda eng faol hududiy hokimlik” – Xorazm viloyati hokimligi.
“Gender tenglik taʼminlashda eng faol tuman hokimligi” – Sharof Rashidov tuman hokimligi.
“Gender tenglikni taʼminlashda eng faol NNT” – Oʻzbekiston Milliy media birlashmasi hamda “Zakovat” intellektual klubi” NNT.
“Gender tenglikni taʼminlashda eng faol tadbirkorlik subyekti” – “Akbarjon Barakat”MCHJ.
“Gender tenglikni targʻib qilishga qaratilgan eng yaxshi TV-dastur” – “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi “Yuridik klinika” koʻrsatuvi.
“Gender tenglikni targʻib qilishga qaratilgan Internetdagi eng yaxshi veb-sayt yoki portal” – “Oyina.uz” maʼnaviy-maʼrifiy portali.
“Gender tenglikni targʻib qilishga qaratilgan eng yaxshi nashr” – “Yangi Sirdaryo” gazetasi.
Tanlov gʻoliblari esdalik sovgʻalari va diplomlar bilan taqdirlandi.
Eslatib oʻtamiz, Jahon banki indeksida Oʻzbekiston gender tenglik sohasida dunyodagi eng tez rivojlanayotgan 5 ta mamlakat qatorida qayd etildi. Ochiq gender maʼlumotlar indeksida eng yaxshi 20 ta davlat qatoridan joy oldi. Gender tenglik va boshqaruv indeksida esa 103-oʻrindan 51 pogʻonaga koʻtarilib, 52-oʻrinni egalladi.
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q