Jahon
2025-yilda shaharlarda yashash qiymati indeksi (Cost of Living Index by City) tuzib chiqildi.
Mazkur roʻyxatga 327 ta shahar kiritilgan boʻlib, ular AQShning Nyu York shahriga nisbat qilib olingan.
Indeks 6 ta kategoriyaga boʻlingan:
▪️ Yashash narxi indeksi;
▪️ Ijara indeksi;
▪️ Oziq-ovqat indeksi;
▪️ Restaranlar indeksi;
▪️ Yashash narxi va ijara indeksi;
▪️ Mahalliy xarid qobiliyati.
Keltirilgan shaharlar reytingida Oʻzbekiston poytaxti ham bor.
Umuman olganda, dunyo boʻyicha turmush tarzi yengil oʻtadigan shahar bu Hindistonning Koimbatur shahri ekan. Chunki bu yerda oziq-ovqat, restoranlar, transport va kommunal xizmatlar kabi isteʼmol tovarlari Nyu York shahridan 82,3 foizga arzon hisoblanadi.
Eng qimmat markaz sifatida esa Shvetsariyaning Syurix shahri keltirilgan. Sababi, bu manzilda isteʼmol xarajatlari Nyu Yorkdan 3,8 foizga qimmatroq.
Toshkent kun koʻrish qiyin boʻlgan shaharlar orasida 288-oʻrinni band qilgan. Statistikaga koʻra, mamlakatimiz poytaxtida isteʼmol mahsulotlari Nyu Yorkka nisbatan 74,8 foizga arzon sotiladi. Qolgan indeks koʻrsatgichlarida ham Toshkent nisbatan yaxshiroq. Masalan, Qozogʻistonning Olma-ota shahri qimmatchilik boʻyicha Toshkentdan 23 ta oʻringa tepada turibdi.
Mahalliy xarid qobiliyati koʻrsatgichi boʻyicha ham Toshkent Nyu Yorkdan 55,6 foizga, Olma-otadan 13,7 foizga arzonroq.
Jamiyat
Jamiyat
Madaniyat
Jahon
Jamiyat
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q