Ilm-fan
Moliyaviy muvaffaqiyat siri ochildi. Sabablarni topish uchun 50 yildan ortiq vaqt davomida tadqiqot olib borgan olimlar yakunda pul va muvaffaqiyat maktabdagi baholar, ishdagi aloqalar yoki mehnat jarayoniga bogʻliq emasligini aniqladi.
Gap shundagi, agar inson hissiy aql va oʻz harakatlarini nazorat qilish qobiliyatiga ega boʻlsa, uning kelajakda moliyaviy va professional muvaffaqiyatga erishish ehtimoli yuqori boʻladi.
1972-yilda boshlangan tadqiqotda psixologlar Yangi Zelandiyada yashovchi ming nafar bolaning turmush tarzi, oʻsib-ulgʻayishi, rivojlanishi, xullas, tugʻilishdan to voyaga yetguncha erishgan muvaffaqiyatlari haqida maʼlumotlarni jamladi. Unda bolalarning 3, 5, 7, 9 va 11 yoshli emotsional intellekti baholangan.
Baholar bolalarning xulq-atvorini bevosita kuzatish, ularning ota-onalari bilan suhbatlashish va oʻqituvchilaridan ular haqida anketa toʻldirishni soʻrash orqali amalga oshirildi.
Demak, muvaffaqiyat siri bu hissiy koʻrsatgichga bogʻliq ekan. Olimlar buni qisqartirib EQ (yoki “oʻz-oʻzini boshqarish”) deb ataydi.
Shu hisobda, agar kimningdir EQ darajasi yuqori boʻlsa, u ijobiy narsalarga eʼtibor berishga, qaror qabul qilishdan oldin tinglashga, xatolarini tan olishga, hamdardlik koʻrsatishga va salbiy his-tuygʻularga toʻgʻri munosabatda boʻlishga moyil boʻladi.
Aksincha, agar EQ darajasi past boʻlsa, bunday odamlar boylik orttirishda salbiy oqibatlarga koʻproq uchraydi. Ular kam daromad topadi va ularda pulni jamgʻarish odati boʻlmaydi. Bunday kishilar kredit muammolari va ijtimoiy taʼminot tizimiga qaram boʻlib yashaydi.
Bu xulosa oʻz-oʻzidan kelib chiqqani yoʻq. Kuzatuv jarayonlarida EQ darajasi past boʻlganlarda, 30 yoshga kirganida ham, pulni tejash odati pastligi maʼlum boʻlgan. Ular kelajak uchun uy-joy, investitsiya fondlari yoki pensiya rejalari kabi kamroq moliyaviy qurilish bloklarini qoʻlga kiritgan.
Shundan soʻng, tadqiqotchilar moliyaviy ahvoli va barqarorligini baholagan holda balogʻat yoshidagi ishtirokchilar bilan suhbatlashgan.
Maʼlum boʻlishicha, his-tuygʻularni tushunish, tartibga solish va toʻgʻri harakat qilish qobiliyati bilan balogʻat yoshidagi moliyaviy muvaffaqiyatlar oʻrtasida bogʻliqlik bor.
Bu qisman EQ darajasi yuqori boʻlgan odamlarning ish beruvchilar bilan yaxshi ishlash koʻnikmalari, samarali muloqot qilish qobiliyatlari va ijtimoiy xabardorlik kabi ish joyida as qotadigan xususiyatlarga ega boʻlishini anglatadi.
Tadqiqotchilarning taʼkidlashicha, hissiy intellekt odamlarni ishda muvaffaqiyatga erishishga undaydi, ishga aloqador barqarorlik bilan taʼminlaydi va ularning lavozimga koʻtarilish yoki kasbiy oʻsish ehtimolini oshiradi.
Bundan tashqari, EQ darajasi yuqori boʻlgan odamlar koʻproq impuls nazoratiga ega hisoblanadi. Ular harakat qilishdan oldin oʻylashga moyil boʻladi. Bu esa tejash, byudjetlashtirish va kelajakni rejalashtirish kabilar orqali pulni toʻgʻri boshqarishga yordam beradi.
Xoʻsh, EQ darajasini qanday qilib koʻtarish mumkin? Olimlar tadqiqot davomida bolaning hissiy intellektiga kuchli taʼsir koʻrsatadigan bir qancha omillarni ham aniqladi.
Masalan, EQʼning oʻrtacha darajasi qizlarda oʻgʻil bolalarga nisbatan ancha yuqori boʻlar ekan. Shu bilan birga, IQ darajasi yuqori boʻlganlarda EQ darajasi ham yuqori boʻladi. Ammo IQʼga qaraganda EQ bolada tugʻma qobiliyat hisoblanmaydi. Tadqiqotchilarning aniqlashicha, bu koʻnikma bolalarning ota-onalari, oʻqituvchilari va erta aralashuv dasturlari tomonidan ham rivojlantirilishi mumkin.
Weston Family Psychology maʼlumotlariga koʻra, bolaga oʻz hissiy intellektini rivojlantirishga yordam berishning koʻplab usullari mavjud. Bular bolaga koʻnikmalarni xatti-harakatlar orqali koʻrsatish, ochiq muloqotni ragʻbatlantirish hamda his-tuygʻularni tasdiqlash va ularning muammoni hal qilishdagi roli haqida gaplashish kabilardir.
Bolada hissiy intellekt juda erta rivojlanadi. Shuning uchun ularga chaqaloqlik yoki yoshlik davridayoq bu amaliyotlarni oʻrnatish muhimdir.
Ushbu dastlabki yillarda ota-onalar farzandlarining his-tuygʻularini belgilash va tasdiqlash orqali hissiy ongni rivojlantirishlari mumkin. Masalan, Weston Family Psychology rangli oʻyinchoqlar bilan bolani xursand qilish orqali ularga his-tuygʻularini shakllantirish kerakligini tavsiya qiladi.
Jamiyat
Madaniyat
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q