Iqtisod
«Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi huzuridagi Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida» Prezident qarori qabul qilindi.
Qarorga muvofiq, iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirining oʻrinbosari – Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi direktori lavozimi kiritildi.
Agentlikning asosiy vazifalari etib, jumladan, quyidagilar belgilandi:
respublikada tadbirkorlikni va mahallalarni iqtisodiy rivojlantirish borasida yagona davlat siyosatini yuritish;
mahallabay ishlashning vertikal tizimi asosida aholining daromadli mehnat bilan bandligini taʼminlash, ularni tadbirkorlikka jalb qilish va oʻqitish hamda oʻzini oʻzi band qilish faoliyatiga yoʻnaltirish;
vakolatli davlat organlari va tashkilotlari hamda mahallalarda tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha tuman (shahar) hokimi yordamchilarining faoliyatini muvofiqlashtirish.
Qarorga koʻra, Tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash davlat jamgʻarmasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi tarkibiga oʻtkazildi.
Agentlik tarkibida yuridik shaxs maqomiga ega boʻlmagan Aholini tadbirkorlikka jalb qilish jamgʻarmasi tashkil etildi.
Jamiyat
Madaniyat
Jamiyat
Jamiyat
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q