Jamiyat
Rossiya Federatsiyasi Prezidenti “Rossiya Federatsiyasida chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning ayrim toifalarining huquqiy holatini tartibga solish boʻyicha vaqtinchalik chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi farmonni imzoladi.
Unga koʻra, endi Rossiyada noqonuniy boʻlib turgan chet el fuqarolari 2025-yilning 30-aprel sanasigacha mamlakatni tark etishi yoki huquqiy holatini tartibga solishi kerak.
Mazkur talab qonuniy ravishda qolishni istagan xorijliklarga nisbatan qoʻllanilmaydi.
Migratsiya agentligining yozishicha, agentlik 2025-yilning yanvar oyidan boshlab Rossiyada ishlab yurgan, ammo hujjatlarida kamchiligi mavjud boʻlgan barcha oʻzbekistonliklarga huquqiy, amaliy yordam koʻrsatishga tayyor. Bu masala boʻyicha alohida guruh faoliyat olib boradi.
Agentlik hujjatlarni rasmiylashtirish jarayonlari haqida qoʻshimcha xabar berilishini maʼlum qildi.
Siyosat
Jamiyat
Sport
Ilm-fan
Siyosat
Jamiyat
111062
Jamiyat
94518
Jamiyat
90462
Jamiyat
74538
Jamiyat
//
Izoh yo‘q