
Jamiyat
Yangi yilda tibbiyot sohasida bir qator yangiliklar boʻladi. Jumladan:
▪️ kasalliklar profilaktikasi va erta tashxis boʻyicha takomillashtirilgan dasturlar amalga oshiriladi hamda yangi turdagi ommaviy skrining tekshiruvlari yoʻlga qoʻyiladi;
▪️ tuman (shahar) shifoxonalarida esa yangi 220 ta diagnostika va 488 ta davolash usuli tatbiq qilinadi;
▪️ Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Navoiy, Samarqand, Buxoro, Xorazm va Qashqadaryo viloyatlarida davlat tibbiy sugʻurtasi mexanizmlari joriy qilinadi. 2026-yilda esa ushbu yangilik Surxondaryo, Fargʻona, Andijon, Toshkent, Namangan hamda Jizzax viloyatlarida tatbiq qilinadi;
Ushbu hududlarda davlat tomonidan aholiga bepul koʻrsatiladigan tibbiy xizmatlar va dori vositalari kafolatlangan paketi joriy etiladi. Eng koʻp uchraydigan kasalliklar boʻyicha dori vositalari elektron retsept asosida dorixonalar orqali bepul beriladi.
▪️ tibbiyotda natijaga asoslangan moliyalashtirish usullari tatbiq etiladi. Kafolatlangan tibbiy xizmatlar byudjet hisobidan amalga oshiriladi, buning uchun aholidan qoʻshimcha toʻlov undirilmaydi;
▪️ barcha darajadagi tibbiy taʼlim tizimini toʻliq transformatsiya qilish, tibbiyot oliy oʻquv yurtlari klinikalari faoliyatini takomillashtirish orqali “ilm-fan–taʼlim–malaka oshirish–amaliyot” integratsiyasini taʼminlash, bilim va kasbiy malakani baholash tizimini xalqaro standartlar darajasida tashkil qilish boʻyicha islohotlar boshlanadi;
▪️ oʻttiz ming nafar mutaxassis Toshkentdagi tibbiyot markazlarida, ming nafari xorijdagi nufuzli klinikalarda oʻz kasbiy mahoratini oshiradi;
▪️ turkiyalik mutaxassislar tomonidan birlamchi boʻgʻin tibbiyot xodimlarining malaka oshirish dasturi takomillashtiriladi;
▪️ yuqori texnologik jarrohlik yordami koʻrsatish sifatini yanada oshirish maqsadida ixtisoslashtirilgan tibbiyot markazlari tomonidan tegishli tuman(shahar)lar namunaviy hamda ilgʻor hududlarga aylantiriladi;
Eng asosiysi esa, 2025-yilda sogʻliqni saqlash sohasiga 41 trillion soʻm ajratilishi koʻzda tutilgan. Buning hisobidan yangi shifoxonalar tashkil etish va jihozlash, mavjud quvvatlarni kengaytirish, tibbiy koʻrik qamrovini kengaytirish rejalashtirilgan.
Siyosat
Ilm-fan
Madaniyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q