Jamiyat
Estrada xonandasi Baxtiyor Sultonov bugun, 4-yanvar kuni 60 yoshida olamdan oʻtdi.
“Estrada xonandasi Baxtiyor Sultonov vafoti munosabati bilan “Oʻzbekkonsert” davlat muassasasi jamoasi xonandaning oila aʼzolariga chuqur hamdardlik bildiradi”, deya hamdardlik bildirdi Oʻzbekkonsert.
“Bugungi tong juda noxush xabar olib keldi. Bir paytlar “Bedana” qoʻshigʻi bilan mashhur boʻlgan xonanda, sozanda, bastakor, eng muhimi yaxshi inson Baxtiyor Sultonov (1965-2025) vafot etibdilar. Ishonmay, dabdurustdan karaxt boʻlib qoldim. Ikki kun oldin 1-yanvar kuni kechqurun Telegramdan yangi yil tabrigini joʻnatgandilar. Kecha kechqurun Kumushning yangi xorazmcha qoʻshigʻini studiyada ayttirish uchun ustani yaqinda chaqiramiz deb reja qilib turuvdim. Baxtiyor aka bilan ancha hamkorlik qilganmiz, koʻp suhbatda boʻlganmiz. Doim harakatda edilar, niyatlari koʻp edi. Afsus, taqdirning aytgani boshqa ekan...” deya yozib qoldirdi shoir Bobur Bobomurod ham oʻz Meta (Facebook) sahifasida.
Maʼlumot uchun, “Madaniyat va san’at fidokori” ko‘krak nishoni bilan taqdirlangan xonanda “Bedana” qoʻshigʻi bilan tomoshabinlar qalbidan joy olgan edi.
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Iqtisod
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q