UzAuto Motors'ga vaqtincha yangi rahbar tayinlandi

Saqlash
11:01 / 04.01.2025 216 0

Gulyamov Saidazim Mirkamalovich “UzAuto Motors Powertrain” AJ bosh direktori vazifasini vaqtincha bajaruvchi etib tayinlandi.

 

UzAuto Motors va UzAuto Motors Powertrain kompaniyasining sobiq rahbari Andersson esa bu lavozimda 3 yil-u 4 oy ishlagach 27-dekabr kuni oʻz faoliyatini yakunladi.

 

 

Endi Gulyamov yangi rahbar tayinlanguncha kompaniyani boshqarib turadi. Yangi rahbarni tayinlash masalasi boʻyicha qaror 2025-yilning 30-iyuniga qadar qabul qilinishi kerak.

 

Maʼlumot uchun, Gulyamov Saidazim 2016-yildan boshlab UzAuto Motors Powertrain'ni boshqargan (Andersson tayinlangunga qadar) va qariyb 15 yil (2010-yilning aprelidan buyon) kompaniyada faoliyat olib borgan. Bungacha u GM Uzbekistan'da toʻqqiz oy, undan oldin esa Amerikaning Regions Bank'ida 8 yil ishlagan.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//