Ayrim fuqarolarga poyezdda yiliga bir marta bepul yurish huquqi berildi

Saqlash
10:32 / 04.01.2025 296 0

1-yanvardan kuchga kirgan “Temir yoʻl transporti toʻgʻrisida”gi yangi qonunga koʻra, alohida toifadagi yoʻlovchilarga temir yoʻl transportida yiliga bir marta bepul yurish huquqi belgilandi(qonunda aynan kimlar ekani ochiq aytilmagan). Ushbu amaliyot Konstitutsiyaning 19-moddasini taʼminlash maqsadida joriy etilgan.

 

Shuningdek, qonunga yangi normalar ham qoʻshildi. Xususan, temir yoʻl transporti tashuvchisining yoʻqotishlari va zararlarini qoplash toʻgʻrisida (30-modda) meʼyorlar kiritildi. Chunki, amalda yoʻlovchilarni temir yoʻl transportida tashishdan koʻrilgan zararlar tashkilotga ortiqcha yuklatilgan boʻlib, Davlat byudjeti mablagʻlari hisobidan qoplanishi nazarda tutilmagan edi.

 

Taʼkidlash lozim, qonun joriy yilda davlat tomonidan tartibga solinadigan tariflarda yoʻlovchilarni tashishdan vujudga kelgan zararlarni qoplash uchun Davlat byudjetidan qoʻshimcha 1,7 trillion soʻm xarajatni talab etadi.

 

Bundan tashqari, bir-biriga nomuvofiq va havolaki normalar qayta koʻrib chiqildi. Xususan, “temir yoʻl transporti” tushunchasi qayta koʻrib chiqildi va yangi tahrirda bayon etildi. Bunda respublikaning temir yoʻl transporti belgilangan maqsadlar boʻyicha umumiy foydalanishdagi va umumiy foydalanishda boʻlmagan temir yoʻl transportiga ajratildi.

 

Maʼlumot uchun, amaldagi “Temir yoʻl transporti toʻgʻrisida”gi qonun davr talabiga javob bermasligi, undagi koʻplab tushunchalarning maʼnosi bugungi kunda eskirgani sababli yangi qonun qabul qilindi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//