Siyosat
U yetti yildan buyon oʻrmon xoʻjaligi sohasini boshqarib kelayotgan Nizomiddin Bakirov oʻrnini egallagan. Bu haqda OʻzA xabar bermoqda.
Erkin Muhiddinov 1976-yilda Andijon viloyatida tugʻilgan. 1997-yilda Andijon iqtisod boshqaruv instituti (bakalavr), 2000-yilda Bank-moliya akademiyasi (magistratura), 2007-yilda esa Yaponiyadagi Rivojlanayotgan iqtisodiyotlar instituti Oliy maktabini tamomlagan.
Turli yillarda turli banklarda ishlagan, 2017-yil iyunida bandlik va mehnat munosabatlari vazirining birinchi oʻrinbosari boʻlgandi. 2023-yil yanvarida uning lavozimi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vaziri oʻrinbosariga oʻzgargan, 2023-yil avgustida Toshkent viloyati Ohangaron tumani hokimi lavozimiga tushirilgan, 2024-yil mayida Toshkent viloyati hokimi lavozimiga koʻtarilgan, bu ishda besh oy ishlagach, oktyabr oyi oʻrtalariga kelib faoliyatidagi kamchiliklar va sohadagi ishlar qoniqarsiz olib borilayotgani uchun Toshkent viloyati hokimining birinchi oʻrinbosari lavozimidan ozod etilgandi.
2024-yil dekabrida esa u vazirlikning Oʻrmon, bioxilmaxillik va ekoturizm siyosatini yuritish departamenti boshligʻi lavozimiga tayinlandi.
Jamiyat
Jamiyat
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q